Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Eng zo‘r futbol maktablari BETADIN®ni tanlaydi

Eng zo‘r futbol maktablari BETADIN®ni tanlaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘z bolaligingizni eslaysizmi? Ko‘chadan g‘ovur-g‘uvur ovozlar eshitiladi, derazangizga mitti tosh kelib tegadi: o‘rtoqlaringiz ko‘chaga chaqirishyapti... To‘g‘ri-da, siz bo‘lmasangiz ular qanday o‘ynashardi, axir, hovli bo‘yicha futbol o‘ynaladigan yagona charm to‘p sizda bor. Siz zinalar bo‘ylab pastga chopasiz, ortingizdan buvingiz qichqiradilar: «Faxriddin, bolam, darslarni qildingmi?». Eh, sizning esa darsdan boshqa tashvishlaringiz bor. Chunki bu – FUTBOL!

Mana, endi o‘g‘lingiz ham allaqachon ulg‘ayib kelyapti. O‘zingiz kabi u ham futbol ishqibozi. Bugun oldingizda shu savol ko‘ndalang turibdi: bolani mashg‘ulotlar uchun qayerga bergan ma’qul?

Bugun biz sizlarga shu yilning may oyida Toshkentda ochilgan yuqori toifali futbol maktabi haqida gapirib bermoqchimiz. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kampusi negizida «Yuventus akademiyasi»ni tashkil etish haqidagi qaror 2018 yilning dekabrida, brendni rivojlantirish va «Yuventus akademiyasi»ni boshqarish bo‘yicha ijrochi direktor Karolina Kiappero rahbarligida mashhur italyan futbol klubi – «Yuventus» delegasiyasi mamlakatimizga tashrif buyurganida qabul qilingan edi.

Akademiya taklifiga ko‘ra, biz o‘quv jarayoni bilan tanishmoqchimiz. Akademiyaga kirganingizda, birinchi navbatda shahar uchun noodatiy bo‘lgan sokinlikni tuyasiz. Turin universitetining yaxshi qaralgan ulkan hududi bo‘ylab o‘tib, biz sport majmuasiga kirib boramiz.

Bosh murabbiy Aziz Hoshimov

Bolalar kiyim almashtirgunlariga qadar, biz bosh murabbiy Aziz Hoshimov bilan suhbatlashdik.

– Men 10 yildan oshiq vaqtdan beri mashg‘ulot o‘taman. Futbol sohasida karyera boshlash uchun eng maqbul yosh – 5-7 yoshdir. Lekin shu yoshigacha ham bolada allaqachon harakatlarning o‘zaro mosligini shakllantirilgan bo‘lsa yaxshi (gimnastika, akrobatika). Shunda bola to‘p bilan texnik priyomlarni ishlashi osonroq kechadi. Hamma ham chempion o‘stirishni xohlaydi, lekin asosiysi – bolada o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotib qo‘ymaslikdir. Otalar va onalar, shuni tushunishingiz lozimki, futbol bu – o‘yin, ishtirokchilari undan huzurlanishlari kerak. Bolani maqtang, uni ruhlantiring. Boshqa barcha ijobiy jihatlar endi sport majmuasida shakllantiriladi. Buning uchun mas’uliyatni bizning Akademiya o‘z zimmasiga oladi – italyan murabbiylar shtabining texnologiyalari, individual yondashuv, firma inventarlari, original uniforma.

Murabbiyning maydonda qanday ishlashini ko‘rish kishiga zavq bag‘ishlaydi. Kichkintoylar guruhida hatto to‘rt yashar bolalar ham shug‘ullanishadi, murabbiy hatto shunday bolajonlarga ham o‘zgacha yondasha oladi. Chindan ham, shundan so‘ng kishi reklama bukletidagi ushbu satrlarga ishonadi: «Yuventus akademiyasi»da har bir ishtirokchining individual qobiliyatlari xalqaro darajadagi tajribali murabbiylar tomonidan tekshiriladi».

                 Achishtirmaydi 

Bolalardan biri – Bogdan yiqilib tushdi va oyog‘ini shikastlab oldi. Shu yerda biz xodimlarning g‘amxo‘rligiga ham guvoh bo‘ldik. Butun mashg‘ulot mobaynida maydonda bo‘lgan hamshira tezda uning yarasini ko‘rib qo‘ydi. Innovasion maktab nafaqat zamonaviy metodlardan, balki BETADIN® kabi innovasion antiseptiklardan ham foydalanishi darkor. NASA ham Apollo 11 shattlini hamda skafandrlarni Oy tuprog‘i qoldiqlaridan va fazoviy changlardan tozalash uchun aynan BETADIN® qo‘llagan. Buning ustiga, butun dunyoga mashhur BETADIN® savdo belgisi jahon futbol klublari bilan hamkorlik bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega.

O‘quv majmuasiga suv polosi ham kiritilgan, u chidamlilikni oshiradi

Xo‘sh, «Yuventus akademiyasi»ni tanladingizmi? Zo‘r! Birinchi mashg‘ulot bepul. Futbol bo‘yicha tanishtiruv mashg‘ulotida bolalar va ota-onalar murabbiylarning yuksak professionalizmiga hamda «Yuventus akademiyasi»ning qoyilmaqom infratuzilmasiga baho berishlari mumkin. Sizlarni birinchi mashg‘ulotda kutamiz!

Loyiha haqida:

  • Ayni damda «Yuventus akademiyasi»(Juventus Academy)loyihasi Yevropa, Osiyo va Amerikadagi 49 ta mamlakatda amalga oshirilmoqda; u 100 dan oshiq ob’ektlarni qamrab olgan va ularda 15 000 dan ziyod bolalar shug‘ullanishadi.

  • Majmuaviy ta’lim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    • Futbol mashg‘ulotlari (Juventus Academymetodikalari bo‘yicha texnik-taktik va jismoniy rivojlanish)
    Suzish (suv polosi, suvda bajariladigan mashqlar)
    • Tibbiytadbirlar (fizioterapiya, massaj)
    Italiyaga sayohat

Juventus Academy Tashkent markaziy ofisi
Kichik Halka Yo‘li ko‘chasi, 7-uy
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kampusi
Ma’lumotlar uchun tel.: +998 95 144-77-70

Reklama huquqi asosida.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:35, 04.10.2019.
O'qildi: 12171 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.