Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Sherzod Namozov: “Mehnatlarim samarasini yurtim bayrog‘i ko‘tarilganda ko‘raman”!

Sherzod Namozov: “Mehnatlarim samarasini yurtim bayrog‘i ko‘tarilganda ko‘raman”!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Sport – bu sog‘lom, ijtimoiy-siyosiy muhitni tadbiq etishning eng yaxshi vositasidir. Ayniqsa yoshlar orasida bu muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun O‘zbekistonda sport - ta’lim va tarbiyaning ajralmas bo‘lagiga aylandi.  Shu o‘rinda  har bir sport turi ham o‘ziga xosligi, jozibasi va  xarakatlari bilan ajralib turishini alohida aytib o‘tish lozim. Ayniqsa, Dzyudo – jangovor sport sifatida qo‘llaniladigan jang san’ati va shaxsiy himoya qilish uchun Jiu-jitsu kabi turli xil jang san’atlariga qo‘shilish va kuchli jang san’ati yaratish maqsadida yaratilgan sport turi hisoblanar ekan.

Bugun biz, mazkur sport turi ya’ni Dzyudoni,  sir asrorlarini mukammal o‘rganib,  Osiyo va turli chempionatlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, boshqa sportchilar singari yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib kelayotgan buxorolik, Dzyudo bo‘yicha paralimpiya sportchisi  Namozov Sherzodni suhbatga chorladik.   

 Sportga kirib kelishingiz haqida?

- Sportga kirib kelishim bu avvalo bog‘chadagi davrlarimdan boshlangan desam adashmayman. Chunki shu davrda tengdoshlarim bilan o‘zaro  olishish, yoki velopoygalar tashkil qilib, barcha o‘rtoqlarimni ortimdan ergashtirib yurgim kelardi. Yoshligimda sho‘x, qiziquvchan bola bo‘lganim uchun buni uddasidan chiqar edim ham.  Ba’zida ayrim o‘rtoqlarim turli avtomat, mashina o‘yinchoqlarni o‘ynashsa men ko‘proq o‘zimga o‘xshagan qiziqqonlarni yig‘ib  o‘z bilganimizcha futbol o‘ynardik, yoki bo‘lmasa kim o‘zarga tez yugurardik.  Shu tariqa menda, sportga bo‘lgan qiziqish yoshligimdan ildiz otdi. Bir kuni dadam sportga befarq emasligimni kuzatib, qo‘limdan yetaklab kurash to‘garagiga olib bordilar. Shu ondan meni xayotim kurash sporti bilan boshlandi. Chunki dadamni o‘zlari ham milliy kurashga juda qiziqadilar. Meni o‘z vaqtida sport xayotiga olib kirganlari uchun  avvalo ulardan umrbod minnatdorman. Ba’zida o‘ylab qolaman, o‘sha paytda meni kurash emas futbol sport maktabiga olib borganlarida balki xozir maydonda to‘p tepib yurgan bo‘lar edim – deydi (kulib). 

Nega aynan Dzyudo?

-Dzyu-do sporti men uchun o‘ziga hos  salovati bilan ajralib turadi. Dzyu-do ko‘proq o‘zimizning milliy kurashga o‘xshaganligi uchun men Dzyu-doni tanlaganman. Yana bir sababi, xayotda har bir sportchi olimpiada o‘yinlarida ishtirok etib, yanada yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilishni orzu qiladi va shunga qarab intiladi. Dzyu-do ham olimpiya o‘yinlari qatoridan joy olgan.  Shu bois ham yoshligimda Rishod Sobirov, Ramziddin Saidovlar kabi sportchilarimizga havas qilib shu sportni tanladim va ollohga shukur kam bo‘lganm yo‘q. 

 

Hayotda va sportda sizga ko‘proq kim dalda bo‘lib qo‘llab, quvvatlagan?

-Menga ham xayotda va sportda dalda bo‘lgan inson bu mening rahmatli Namoz buvam bo‘ladilar. Xayotda u inson menga xar jabhada ustozlik qilib, tirgak bo‘lganlar. Chunki shu insonni daldalari va o‘gitlari bilan men og‘ir vaqtda ham, sportni tark etmaganman va shu inson tufayli o‘zimga bo‘lgan ishonchim yana bir pag‘ona oshgan. Buvam xozir xayot bo‘lganlarida meni bu yutuqlarimni ko‘rib mexnatlari, o‘gitlari besamar ketmaganligini ko‘rib albatta quvonardilar. 

Barchamizga ma’lumki kuni kecha Qozog‘istonning Atirau shahrida paradzyudo bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo va Okeaniya chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdingiz. Shu musobaqa haqidagi   ta’surotlaringiz bilan bo‘lishsangiz?

-Musobaqa juda yaxshi o‘tdi. Vazn o‘lchash jarayoni ozgina qiyinchilik tug‘dirdi. Qur’a tashlash jarayonidan so‘ng men kurashadigan guruh ma’lum bo‘ldi. Ushbu guruh jiddiy raqiblardan iborat edi.  Men finalda qozog‘istonlik raqibim bilan gilamga chiqdim. Raqibim ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rishiga qaramay, bor kuchim bilan harakat qilib,  kurashdim va niyatimga yarasha oltin medalga ega chiqdim. Aslida men yoshligimda qozoqlar bilan birga o‘qiganim uchun ham, (qozoq) do‘stlarim ko‘p. Qozog‘iston menga juda yoqadi. Xatto musobaqadan so‘ng ham bizni (qozoq) do‘stlarimiz uylariga taklif qilib, mexmon qilishdi. Qaytayotganimzda  esa ular O‘zbekiston sportchilarini hurmat  qilishlarini  aloxida aytib o‘tishdi. Bu menga qaysidir ma’noda katta faxr bag‘ishladi. 

 Ustozlaringiz haqida..... ?

-Meni ilk ustozim  Buxoro viloyatining  Gazli shahridan Rustam aka bo‘ladilar. Menga birinchi marotaba kimano kiydirib, kurash sirlarini o‘rgatgan  qimmatli insonlarimdan biridirlar. U insonni qo‘lida men 4-5 yil shug‘ullandim.  Undan so‘ng, 5- sinfdan Buxoro viloyati Romitan tuman 42- Ixtisoslashtirilgan sport maktab internatiga o‘qishga kirdim. U yerda ham ajoyib inson, rahmatli Aminov Qudrat Raxmatovich va Amonov Maxmud akalar menga ustozlik qilishdi. Ular ham  menga milliy kurash va Dzyu-do sportining sir asrorlarini o‘rgatishdi. Keyinchalik sport maktab internatini bitirgach 9-sinfdan so‘ng Buxoro shahridagi Olimpiya zaxiralari sport kollejiga sportning Dzyu-do turi bo‘yicha o‘qishga kirdim. U yerda menga Jo‘rayev Barno To‘rayevich hamda o‘g‘illari Jo‘rayev Jaxongir Barnoyevichlar murabbiylik qilishdi. Mana xozirga qadar Barno To‘rayevich qo‘llarida Dzyudo sir asrorlarini o‘rganib, ta’lim –tarbiyalarini olib kelmoqdaman. Aslida men ota-onam singari ustoz va murabbiylarimdan ham bir umr qarzdorman. Birlari menga xayot bag‘ishlab tarbiyalaganlari uchun, birlari to‘g‘ri yo‘nalish berib kelajagim uchun foydali va sog‘lom yo‘lni ko‘rsatishgani  uchun. Haqiqatdan  ham, ko‘z nuri va qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag‘ishlagan, bir so‘z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz. Fursatdan foydalanib o‘tib ketgan bo‘lsada ularni “1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbdan tabriklab qolaman. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamang  deymiz.  Biz hamisha sizlarga ta’zimdamiz. 

Hozirga qadar erishgan yutuqlaringiz ?

- Juda yaxshi eslayman, 6-sinfdaligimda birinchi marotaba maktab tarixida O‘zbekiston chempioni bo‘lganman. Bu lahzalar kechagidek yodimda.  Chunki o‘sha davrda men uqiydigan maktabda hali biror bir O‘zbekiston chempioni chiqmagan ekan. Bu men uchun juda yuksak unvon edi shu paytda. Undan keyin 7-8-9 sinflarda o‘qib yurgan vaqtlarimda ham 3-4 karra O‘zbekiston chempioni bo‘ldim. Asta-sekin maktabni tugatib kollejda o‘qigan vaqtimda ham huddi shunday, ko‘p marotaba  O‘zbekiston chempioni bo‘ldim. Nihoyat oliygohda tahsil olishni boshlaganimdan so‘ng ham shu natijalarni qayd etdim va 2013 yildan boshlab katta musobaqalarda ishtirok eta boshladim. Birinchi katta musobaqam Ochiq Yevropa chempionatida ishtirok etishimdan boshlangan.  U yerda yurtimiz sharafini himoya qilib oltin medalni qo‘lga kiritganman.  Shu tariqa mana xozirgi kunga qadar Paralimpiya musobaqalarida yuqori natijalarga erishib kelmoqdaman. 

Sportda istaysizmi yo‘qmi mag‘lubiyatga duch kelasiz. Siz buni qanday qabul qilasiz?

-Xalqimizda “Yutishni bilgan, yutqazishni ham tan olishi kerak” degan ibora bor. Men doim mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qilganman. Chunki mag‘lub bo‘lgan paytimda darhol o‘zimga savol beraman. Demak men raqibimdan ko‘ra kamroq mexnat qilibman deya to‘g‘ri xulosa qilib, yoki bu gal omad menga kulmadi deya chiqib ketganman. Mana yaqin oralardagi bir-ikki kurashlarim vaqtida kamchiliklarim uchun mag‘lubiyatga uchraganman. Lekin shuni joyida, tushunib to‘g‘ri xulosa chiqarganman.  Chunki mag‘lubiyat bir tomondan katta dars ham bo‘ladi. Shunga qarab yana va yana mehnat qilasiz, bir xatoni qayta takrorlamaslikka harakat qiladi inson. Aslida har bir soxada va xayotda ham g‘alaba hamda mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Shuning uchun buni to‘g‘ri qabul qilishga, vaqtida kamchiliklarni to‘g‘irlab, keyingi bor shu xatoni takrorlamaslikka harakat qilaman.  

Buxoro sportchilari haqida nimalar deya olasiz?

-Men, Buxoro farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Ona shahrim sportchilari xaqida gapiradigan bo‘lsam birinchi navbatda shahrimizning  Dzyu-do qirollari  Rishod Sobirov, Ramziddin Saidov kabi akalarimiz ko‘z oldimga keladi. Undan tashqari boks  bo‘yicha Abbos Atoyev, Shahram G‘iyosov, Shahobiddin Zoirovlar va shu kabi bir qancha  sportchilarimiz haqida qancha gapirsak oz. Chunki ular  nafaqat Buxoro, balki  O‘zbekistonimizni butun dunyoga tanitib kelishmoqda . Yana bir bor, o‘zim shuni guvohi bo‘ldimki bizni Buxoro, qolaversa  O‘zbekiston sportchilari boshqa davlatlarni sportchilariga ko‘ra kuchli, maxoratli ekanligi yaqqol ko‘rinib turadi.  

Aytingchi sportda nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerak? 

-Sportda birinchi navbatda o‘ziga bo‘lgan ishonch, qat’iyat, kuchli mehnat qilishi va tartib intizom (rejim)ga rioya qilishi kerak. Xaqiqiy sportchi bo‘lish uchun ayrim, erinchoqlik, insonda uchrab turadigan dangasalik odatlaridan yiroq va qo‘rquvdan  voz kechmoq lozim. Bilasizmi, masalan bizda barcha sportchilarda bo‘sh vaqt deyarli bo‘lmaydi. Sport  ikki qismga bo‘linadi. Oddiy va professional sport. Bularning farqi esa, oddiy sportda insonlar o‘zlarining salomatliklari uchun shug‘ullanishlari mumkin. Professional esa oddiydan ming chandon farq qiladi. Talablari va tartibi xam shunga yarashadir. Shuning uchun ham yuqorida aytganimdek sportda, o‘ziga ishonch, sabr, mustahkam iroda va kuchli mehnat talab etiladi. Shularni o‘zida aks ettirgan har bir sportchi kelajakda albatta ko‘zlagan marrasini zabt etadi. 

Rejalaringiz haqida o‘rtoqlashsangiz...

-Barchaga ma’lumki,  kelgusi yilda Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlari boshlanadi. Mazkur musobaqaga  bir yil vaqtimiz qoldi. Nasib etsa ushbu paralimpiya o‘yinlariga (lisenziya)larni qo‘lga kiritib,  jamoamiz bilan bir yoqadan bosh chiqarib,  munosib ishtirok etib, yana bir bor,  paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lib, yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib, O‘zbekistonimiz dovrug‘ini butun dunyoga tanitish niyatlarim bor nasib etsa.  

Sherzod?.  Shaxsan yosh sportchilarga nimalarni tavsiya etgan bo‘lardingiz?

Muxtaram yurtboshimiz tomonidan yoshlarga har jabhada juda yaxshi shart - sharoitlar yaratib berilmoqda. Albatta shulardan oqilona foydalangan holda, oldiga maqsad qo‘yib, xayotda reja bilan ish ko‘rib, qattiq mexnat qilsa o‘ylaymanki, nafaqat  har bir sportchi balki, har bir inson o‘ylagan maqsadiga erishadi. Shuning uchun yoshlardan faqat bir narsani iltimos qilib qolardim. Xayot insonga bir marotaba beriladi. Xar bir inson ortiga qaraganida o‘zi xursand bo‘ladigan darajada iz qoldirmog‘i shart. Shu bois hamisha halol yo‘l, aniq maqsad, katta jasorat va kuchli mexnat bilan oldinga yuring. Xox u sportchi bo‘lsin, xox oddiy inson. Hamisha o‘zingizga ishonib ish tutsangiz, siz o‘zingizni qaysi darajada ko‘rishni istasangiz shunga erishasiz. Zero har bir inson oilam, elim deb yonib yashasa u hamisha oilasi va xalq ardog‘ida bo‘ladi. Men O‘zbekistonimizning Buxorodek shahrida tug‘ilib o‘sganimdan faxrlanaman. 

Gulmira Gulyamova  suhbatlashdi.

Buxoro viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi

Matbuot xizmati

Kiritildi: 08:45, 06.10.2019.
O'qildi: 3290 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.