Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi 0-2 Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya 1-0 Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya
03/07 06:00 Braziliya - Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika - Paragvay

Uxan-2019: Taekvondochilarimiz hozirgacha 3ta oltin va 1ta kumush medalga ega bo‘lishdi

Uxan-2019: Taekvondochilarimiz hozirgacha 3ta oltin va 1ta kumush medalga ega bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon harbiylar o‘yinlarida navbatdagi kun bellashuvlari ortda qoldi. Xabar berganimizdek, ushbu kun doirasida kechgan bellashuvlarda taekvondochilarimiz ajoyib natija qayd etib, delegasiyamizning umumjamoa hisobida yanada yuqori pog‘onadan joy olishiga katta xissa qo‘shishdi (150ga yaqin mamlakat orasida 8-o‘rin).

Kecha -49 kilogramm vazn toifasida Madinabonu Mannopova oltin medallar shodasini boshlab bergan edi. Bugun Svetlana Osipova (+73 kg) hamda Ulug‘bek Rashitov (-58 kg) ham o‘z hisobiga navbatdagi oltin medalni yozib qo‘ygan bo‘lsa, Sardor Toirov (-68 kg) finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa taekvondochilarimiz ayni paytgacha 3ta oltin va 1ta kumush medalni qo‘lga kiritib ulgurdilar. Taekvondo bahslari yana 2 kun davom etadi. Ertaga bahslarga kirishadigan vakillarimizning ilk raqiblari bilan tanishing:

-53 kg: Charos Qayumova – Maram Ezat (Misr)
-62 kg: Feruza Sodiqova – Yuliya Tarutina (Rossiya)
-54 kg: Otabek Turg‘anbekov – Yunchul Pak (Janubiy Koreya)
-63 kg: Niyaz Po‘latov – Islomgali Abuov (Qozog‘iston)

Yana bir ahamiyatli jihati ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgan taekvondochilar Olimpiada va jahon reyting uchun 20 ballga ham ega bo‘lishadi. Milliy olimpiya qo‘mitasi musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtlarimizga omad tilab qoladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 23:13, 24.10.2019.
O'qildi: 1476 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.