Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

14 nafar og‘ir atletikachimiz Osiyo chempionati sovrindori bo‘ldi

14 nafar og‘ir atletikachimiz Osiyo chempionati sovrindori bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Pxenyan shahrida og‘ir atletika o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur qit’a birinchiligida ishtirok etgan 17 nafar sportchimizning 14 tasi g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Yana bir ahamiyatli tomoni yigitlarimiz yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsalar, qizlarimiz kuchli uchlikni yakunlab berishdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa davomida Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg) o‘smirlar o‘rtasida siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha jahon rekordlarini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz ro‘yxati quyidagicha:

Oltin medal:
Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg, yoshlar)
Tursunoy Jabborova (-76 kg, o‘smirlar)
Asadbek Narimanov (-73 kg, o‘smirlar)
Muhammadqodir Toshtemirov (-81 kg, yoshlar)
Doniyor Hamidov (-102 kg, o‘smirlar)
Azimjon Hojiyev (-102 kg, yoshlar)

Kumush medal:
Nigora Abdullayeva (-49 kg, o‘smirlar)
Og‘abek To‘xtayev (-73 kg, o‘smirlar)
Sarvarbek Zafarjonov (-89 kg, yoshlar)
Mirhosil Mirzabayev (-109 kg, o‘smirlar)

Bronza medali:
Layloxon Xursanova (-71 kg, yoshlar)
Nigora Suvonova (-71 kg, o‘smirlar)
Dolera Davronova (-87 kg, yoshlar)
Hojiakbar Olimov (-67 kg, o‘smirlar)

Delegasiyamiz a’zolari bugun soat 19:35 da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:04, 28.10.2019.
O'qildi: 3210 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.