Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

WBC yangilangan reytingida bir qator o‘zbekistonlik bokschilar yuqoriladi

WBC yangilangan reytingida bir qator o‘zbekistonlik bokschilar yuqoriladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks kengashi (WBC) sentyabr oyi uchun professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik yetti nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) ham reytingda bir oy oldingi o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab 5-o‘ringa joylashdi. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 11-o‘rinlarni egallab turibdi.

Super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov (13-0, 5 KO) yangi reytingda bir oy oldingi pog‘onasini saqlab qolgan va 4-pog‘onaga joylashgan. U hamon WBC Silver kamari sohibi sifatida ko‘rsatilmoqda.

Reytingning xalqaro miqyosida tan olingan Top-15 ligida boshqa o‘zbekistonlik bokschilar joy olmagan. Ammo WBC boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reytingni tuzib chiqadi. Mazkur kengaytirilgan reytingda yana besh nafar o‘zbek bokschisi e’tirof etilgan.

WBC kengaytirilgan reytingidan super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) bir pog‘ona yuqorilab 23-o‘rinda qayd qilingan. Ushbu vazn toifasining yana bir vakili Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) esa 29-pog‘onadan qolgan. Mazkur vaznning yana bir vakili WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov esa (5-1, 4 KO) bir pog‘ona yuqorilab 38-o‘rinda qayd qilingan.

WBC yangilangan reytingida eng katta o‘sishga erishgan bokschi Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) bo‘lib turibdi. Yangilangan reytingda super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Madrimov bir yo‘la 9 pog‘ona yuqorilab 31-o‘rindan joy olgan. Shuningdek, o‘ta og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) 39-o‘rinni saqlab qolgan.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 13:06, 30.10.2019.
O'qildi: 4049 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.