Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta 2-3 Komo
25/09 00:00 Real Madrid 3-2 Alaves
25/09 17:30 Paxtakor - Olimpik
25/09 20:30 Andijon - Neftchi
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 18:30 Navbahor - So‘g‘diyona
26/09 18:30 Dinamo - Surxon
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

«Atletiko Madrid» futbolchilari Ronaldu haqida qanday fikrda

«Atletiko Madrid» futbolchilari Ronaldu haqida qanday fikrda

Baho:
+ | -

Ushbu haftada YECHL musobaqasi doirasidagi oyinlar bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. Bu haftaning markaziy o‘yinlaridan biri Turin shaxrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ertangi bahsda guruhda birinchi o‘rin uchun kurash olib borayotgan «Yuventus» o‘z uyida «Atletiko Madrid»ni qabul qiladi. Bahs oldidan ko‘hna qit’a futbol nashrlari «Atletiko Madrid» futbolchilarining o‘yin oldi fikr va mulohazalarini e’lon qilishdi. Bugun ushbu kichik intervyularni e’tiboringizga havola etamiz.

Alvaro Marata

Bunday raqiblarga qarshi hech qachon osob bahs bo‘lmasligi aniq, biroq o‘yin juda qizg‘in tus olishi muxlislariga manzur keladi. Juda og‘ir uchrashuv bo‘lishini tahmin qilyapmiz. Bundan 2 oy avvalroq ham biz «Yuventus» bilan to‘nqash kelgan edik. Ular hozirda juda kuchli tarkibga ega. Bunday jamoalar darvozasiga yo‘l topish doimmo qiyinchilik tug‘dirib kelgan. Ronalduga alohida to‘xtalib o‘tirmoqchi emasman. Men uni yaxshi bilaman. U doimmo g‘alaba qozonish haqida bosh qotiradi. O‘ylaymanki, seshanba kuni uning kuni bo‘lmaydi va biz Turindan 3 ochko bilan ortga qaytamiz.

Koke

Maydonning har bir bo‘sh qarichidan unumli foydalanishimiz kerak. Bilamizki, o‘tgan o‘yindan farqli o‘laroq mehmonda bosim katta bo‘ladi. Bundan tashqari, bizning xató qilishga umuman xaqqimiz yo‘q. Hozirda “Yuventusʼ juda tajribali futbolchilardan tashkil topgan klubga aylangan. Ular bizning bir dona xató qilishimiz bilan jazolashga qodir. Ronaldu borasida ortiqcha so‘zlashning xojati yo‘q. U deyarli barcha musobaqalarda g‘olib chiqqan futbolchi, lekin men uchun Messi dunyodagi eng havfli futbolchi.

Lemar

Biz ertaga Ronalduga qarshi emas, butun boshli «Yuventus»ga qarshi maydonga chiqamiz. Hozirda ushbu klub avvalgi yillardagidanda kuchliroq formaga kirib bormoqda. Ertangi o‘yinda ijobiy natija qayd etish uchun jamoa bo‘lib harakat qilishimiz shart. Boshqachisiga ochko ishlab olishning iloji yo‘q. Biz «Bayer» ustidan g‘alaba qozona olmadik, lekin kurash o‘z yakuniga yetgani yo‘q.

Simione

Ronaldu shunchaki «daxshatli» futbolchi. Unga qarshi mahsus taktikani o‘ylab topishning foydasi yo‘q. sen qanchalar kuchli taktik bo‘lma, uni o‘yinda bog‘ib qo‘yishning iloji yo‘q. U ruhan juda kuchli futbolchi. Shu sabab bir yoki ikki himoyachi bilan uni chetga surib tashlashning iloji yo‘q. Biz unga qarshi ko‘plab o‘yinlarda ishtirok etganmiz va imkoniyatlarni to‘g‘ri baholaymiz degan umiddaman. O‘tgan mavsumdagi o‘yindan to‘g‘ri xulosa chiqargan xolda, ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:19, 25.11.2019.
O'qildi: 10037 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.