Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Agar VAR avvalroq ishga tushganda nima bo‘lar edi?

Agar VAR avvalroq ishga tushganda nima bo‘lar edi?

Baho:
+ | -

Bugungi kunda VAR sistemasi uchrashuvda hakamlarning yanada odilroq qaror qabul qilishlarini ta’minlab berayotganidan xabaringiz bor. Tasavvur qilib ko‘ring, agar ushbu loyiha bundan bir necha yillar avvalroq kashf etilib va futbolga tadbiq qilinganda qanchadan-qancha mashxur to‘qnashuvlarning natijasi o‘zgarib ketgan bo‘lar edi?! Bugun VAR bo‘lganida o‘zgacha ko‘rinish olishi mumkin bo‘lgan o‘yinlarni yodga olib o‘tamiz.

Fransiya 1 : 1 Irlandiya 2009-yil

Hakamlar tomonidan eng katta xatoga yo‘l qo‘yilgan uchrashuv sifatida tarixga kirgan bahsni birinchi bo‘lib yodga olamiz. 2010-yildagi JCH saralashiga chiptalarni taqdim etadigan o‘yinda Fransiya mehmonda minimal natijada g‘alab qozongan bo‘lsa, Iralandiya Parijdagi o‘yinning asosiy vaqtida xuddi shunday hisobda g‘alaba qozonadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa, Tiyeri Anri ochiqchasiga to‘pni qo‘li bilan to‘xtatib oladi va Gallasga uzatadi. Uning zarbasidan so‘ng hisob tenglashadi va Irlandiya nohaq tarzda musobaqadan mahrum bo‘ladi. Shvesiyalik hakamlarning ushbu qo‘pol xatoasi Fransiyani JCHga olib chiqqan bo‘lsada, sharmandalikdan asrab qola olmadi. Raymon Domenek shogridlari JARda bo‘lib o‘tgan mundialda sharmandali natija qayd etib guruhda so‘nggi o‘rin bilan ortga qaytishga majbur bo‘lishgani hech kim sir emas. Irlandiya futbol federasiyasi ushbu masala bo‘yicha qancha harakat qilgan bo‘lsada, o‘yin natijasiga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmagani juda achinarli. Agarda VAR bo‘lganida, Iralndiyada g‘olib chqish uchun yaxshigan imkon bo‘lar edi. O'sha uchrashuvning so‘nggida katta ruhiy va jismoniy ustunlik qilayotgan irlandlarda JCH yo‘llanmasi uchun qulay imkoniyat paydo bo‘lgan bo‘lar edi.

Germaniya 4 : 1 Angliya 2010-yil

JARda bo‘lib o‘tgan ikki azaliy raqiblar ortasidagi play-off o‘yini ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. O‘sha uchrashuvning birinchi bo‘lib so‘ngida ingilizla 1 : 2 hisobida ortda qolishayotgan edi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda hozirda «Chelsi»ga ustozlik qilayotgan Frenk Lempart tomonidan berilgan zarba darvozaning yuqori ustuniga tegib chiziqni kesib o‘tadi. Hakamlar esa, toza golni inobatga olishmaydi va taym nemislarning g‘alabasi bilan yakunlanadi. O‘sha uchrashuv haqida Ueyn Runi inteevyularidan birida quyidagicha firk bildirgan edi. «Frenkning golini barchamiz ko‘rdik, biroq hakam ko‘rgani yo‘q. Men uni ko‘rishni istamadi deb hisoblamayman. Shunchaki uning darajasidagi o‘yin emas edi. Gol inobatga olinmagach, kiyinish xonasida barchaning kayfiyati tushib ketdi. Biz hech narsa haqida gaplashmadik va indamay yana maydonga qaytdik. Agarda, o‘sha gol inobatga olinganda, biz ruhiy ustunlik evaziga bo‘lsa ham o‘sha o‘yinni foydamizga hal etishimiz mumkin edi…»

Darhaqiqat, o‘sha uchrashuvda ishlagan Urugvaylik hakam Xorxe Loriondo va uning jamoasi tanafusda hisobga olinmagan golni ko‘rgach, boshini changallab qolgani haqida ma’lumotlar mavjud.

«Arsenal» 1 : 1«Portsmunt» 2003-yil

Agarda VAR sistemasi 21-asr boshida kuchda bo‘lganida, «Arsenal» o‘zining mag‘lubiyatsiz mavsumidan mahrum bo‘lishi aniq edi. Qanday qilib deysizmi? O‘sha uchrashuvda Xarri Rednapp boshchiligidagi «Portsmunt» nafaqat hisobni ochgan, balki o‘yin davomida to‘liq ustunlik qilgan edi. Mavsum boshidagi uchrsashuv bo‘lgani bois, Arsen Venger shogirdlari hali to‘liq jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yib olmagani bois tashabbusni «Portsmunt»ga berib qo‘yishadi. O‘sha uchrashuvda ishlagan britaniyalik hakamlar birigadasi o‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganda Raber Pires tomonidan ishlatilgan simuliyasiyaga ishonishadi va 11 metrlik nuqtani ko‘rsatadi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng, Angliya futboli hakamlar qo‘mitasi arbitirlarni bir nechta uchrashuvdan chetlatishadi. Hakamlarning o‘zi esa, vaziyatni to‘g‘ri baxo bera olmaganini yillar o‘tib tan olishadi. To‘g‘ri, agarda o‘sha uchrashuvda «Arsenal» mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lar edi, biroq APLdagi rekor natija hisoblanuvchi mag‘lubiyasir seriyaga chek qo‘yilar va Arsen vengerning hayotidagi eng katta yutuq yo‘qqa chiqqan  bo‘lar edi.


«Manchester Yunayted» 1 : 2 «Chelsi»

2010-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan APL doirasidagi bahsning qadri shu qadar baland ekanligiga ishonish qiyin, biroq o‘sha mavsumdagi champion nomi aynan shu o‘yinda aniqlashtirilgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Karlo Anchelotti boshchiligadi «Chelsi» o‘sha yili «qizil iblislar» bilan chempionlik uchun oxirigacha kurash olib borishgan va aynan yuqorida zikr qilingan uchrashuvdagi o‘yindan tashqari xolatda kiritilgan gol musobaqa g‘olibini aniqlab bergan edi. Teng kurashlarda kechgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Didiye Drogba tomonidan kiritlgan gol o‘yin masalasini hal etgan va yakunda «Chelsi» «Manchester Yunayted»ni bir ochkoga ortda qoldiradi va chempionlikni qo‘lga kiritadi. Agarda VAR sisitemasi o‘sha uchrashuvda bo‘lganida, yaqqol o‘yindan tashqari xolat ko‘zga tashlangan bo‘lar edi va o‘yin katta ehtimol bilan durang natija bilan o‘z yakuniga yetgan va «qizil iblislar» chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lar edimi?! Yana kim biladi deysiz?

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:59, 28.11.2019.
O'qildi: 4310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.