Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

YECHL. «E» guruhi. «Liverpul» va «Napoli» keyingi bosqichga yo‘l oldi

YECHL. «E» guruhi. «Liverpul» va «Napoli» keyingi bosqichga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining «E» guruhida so‘nggi tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi — "Liverpul" uchun, klub bosh murabbiyi Yurgen Klopp ta’kidlaganidek, "Zalsburg"ga qarshi o‘yin finalga teng bo‘ldi. Agar avstriyaliklar g‘alaba qozonishsa, mersisaydliklar guruh bosqichidayoq turnir bilan xayrlashishlariga to‘g‘ri kelar edi.

Birinchi bo‘lim qarama-qarshi hujumlar ostida o‘tdi. Aksariyat vaziyatlarda darvozabonlar — Stankovich va Alisson seyv namoyish qilishlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ba’zi vaziyatlarda zarbalarga aniqlik yetishmadi.

Bahsning 57-daqiqasiga kelib, nihoyat, hisob ochildi. Mane chap tomondan jarima maydoniga kirib, darvoza yaqiniga uzatma berdi. Nabi Keyta bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Maydon egalari hali o‘zlariga kelib ulgurmasidan avval Saloh yakkama-yakka vaziyatga chiqib, ikkinchi to‘pni raqib darvozasiga joyladi.

Ushbu gollar amalda "Zalsburg"ni taslim qildi va uchrashuvning qolgan daqiqalari to‘laligicha "Liverpul" futbolchilari nazorati ostida o‘tdi va Klopp shogirdlari g‘alabani saqlab qolishdi.

"Napoli" so‘nggi turda o‘z uyida "Genk"ni qabul qilib, yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu o‘yinda Arkadiush Milik "xet-trik"ni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, "Liverpul" birinchi o‘rin, "Napoli" esa ikkinchi o‘rin bilan nimchorak finalga yo‘l oldi.

Yevropa chempionlar ligasi,
"H" guruhi, 6-tur
Napoli Italiya – Genk Belgiya 4:0 (3:0)
Gollar: 1:0 – 3 Milik, 2:0 – 26 Milik, 3:0 – 38, penalti Milik, 4:0 – 74, penalti Mertens.
Napoli – Meret, Mariu Ruy, Manolas, Di Lorenso, Kulibali, Fabian Ruis, Zelinski (Gaetano, 72), Allan, Kalyexon (Lyorente, 79), Milik (Losano, 78), Mertens.
Genk – Vandevordt, Mele, Devast, Lukumi, De Norre (Neto, 82), Groshovski, Berge, Ito (Xadji, 72), Peyntsil, Samatta (Bongonda, 63), Onuachu.
Ogohlantirishlar: Vandevordt (36), De Norre (74), Mariu Ruy (80), Kulibali (87), Peyntsil (88).
 
Red Bull Avstriya – Liverpul Angliya 0:2 (0:0)
Gollar: 0:1 – 57 Keyta, 0:2 – 58 Saloh.
Red Bull – Stankovich, Ulmer, Kristensen, Veber, Ongene, Mvepu, Soboslai (Ashimeru, 90), Yunuzovich (Daka, 68), Xvan Xi Chxan, Xoland (Okugava, 75), Minamino.
Liverpul – Alisson, Lovren (Gomes, 53), Aleksander-Arnold, Robertson, van Deyk, Xenderson, Veynaldum, Keyta (Origi, 87), Mane, Saloh, Firmino (Milner, 75).
Ogohlantirish: Mane (51).

JamoaO‘yin Yu  D Mag‘-t  T - N Ochko
1 Liverpul 6 4 1 1 13-8 13
2 Napoli 6 3 3 0 11-4 12
3 Zalsburg 6 2 1 3 16-13 7
4 Genk 6 0 1 5 5-20 1
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:44, 11.12.2019.
O'qildi: 3768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик