Bugun Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasining pley-off bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qur’a oldidan foydali ma’lumotlar bilan yana bir marta tanishtirib o‘tamiz.
YEVROPA CHEMPIONLAR LIGASI
Qachon?
Qur’a tashlash marosimi 16 dekabr, dushanba kuni UYEFAning qarorgohi joylashgan Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. Marosim FUTBOL TV orqali jonli translyasiya qilinadi.
Qaysi jamoalar ishtirok etadi
Guruh g‘olibi sifatida pley-off bosqichiga chiqqan 8ta jamoa "tanlanganlar" sifatida 1-savatchadan o‘rin olishadi. Ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar esa 2-savatchaga joylashtiriladi.
"Tanlanganlar"
"Bavariya" (Germaniya: «B» guruhi)
"Barselona" (Ispaniya: «F» guruhi)
"Valensiya" (Ispaniya: «H» guruhi)
"Liverpul" (Angliya, chempion: «E» guruhi)
"Manchester Siti" (Angliya: «C» guruhi)
"Pari Sen-Jermen" (Fransiya: «A» guruhi)
"RB Leypsig" (Germaniya: «G» guruhi)
"Yuventus" (Italiya: «D» guruhi)
"Tanlanmaganlar"
"Atalanta" (Italiya, «S» guruhi)
"Atletiko" (Ispaniya, «D» guruhi)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya: «F» guruhi)
"Chelsi" (Angliya: «H» guruhi)
"Lion" (Fransiya: «G» guruhi)
"Napoli" (Italiya: «E» guruhi)
"Real" (Ispaniya: «A» guruhi)
"Tottenxem" (Angliya: «B» guruhi)
Qur’a tartibi
— "Tanlangan" jamoalar nimchorak finalning javob o‘yinini o‘z uylarida o‘tkazishadi.
— Guruh bosqichida bitta guruhda ishtirok etgan jamoalar hamda bitta mamlakat klublari nimchorak finalda o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.
— Boshqa cheklovlar haqda qur’a oldidan e’lon qilinishi mumkin.
Nimchorak final o‘yinlari qachon o‘tkaziladi
Dastlabki o‘yinlar 18, 19, 25 va 26 fevral kunlari, javob uchrashuvlari 10, 11, 17 va 18 mart kunlari o‘tkaziladi. Barcha o‘yinlar Markaziy Yevropa vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Chorak final, yarim final va final o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi 20 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
-----------------------
YEVROPA LIGASI
Qachon?
Qur’a tashlash marosimi 16 dekabr, dushanba kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi. Marosim FUTBOL TV orqali jonli translyasiya qilinadi.
Kimlar ishtirok etadi?
Qur’ada Yevropa ligasi guruh bosqichida 1-o‘rinni egallagan 12ta jamoa, guruhda 2-o‘rinni band etgan 12ta klub va Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan 8ta jamoa ishtirok etadi.
"Tanlanganlar"
"Arsenal" (Angliya)
"Ayaks" (Gollandiya)*
"Bazel" (Shveysariya)
"Benfika" (Portugaliya)*
"Braga" (Portugaliya)
"Gent" (Belgiya)
"Zalsburg" (Avstriya)*
"Inter" (Italiya)*
"Istanbul Bashakshehir" (Turkiya)
LASK (Avstriya)
"Malme" (Shvesiya)
"Manchester Yunayted" (Angliya)
"Portu" (Portugaliya)
"Sevilya" (Ispaniya)
"Seltik" (Shotlandiya)
"Espanyol" (Ispaniya)
"Tanlanmaganlar"
"Ayntraxt" (Germaniya)
"Alkmaar" (Gollandiya)
APOYEL (Kipr)
"Bayer" (Germaniya)*
"Bryugge" (Belgiya)*
"Volfsburg" (Germaniya)
"Vulverxempton" (Angliya)
"Kopengagen" (Daniya)
"Ludogores" (Bolgariya)
"Olimpiakos" (Gresiya)*
"Reyndjers" (Shotlandiya)
"Roma" (Italiya)
"Sporting" (Portugaliya)
"Xetafe" (Ispaniya)
CHFR (Ruminiya)
"Shaxtyor" (Ukraina)*
* YECHLdan o‘tgan jamoalar
Savatchalarga qanday ajratilgan?
Barcha ishtirokchilar 2ta — "tanlanganlar" va "tanlanmaganlar" savatchalarga ajratilgan. Yevropa ligasida guruh g‘oliblari va YECHLdan o‘tgan jamoalar orasida eng yaxshi koeffisiyentga ega bo‘lgan 4ta klub "tanlanganlar" guruhiga qo‘shildi.
Qur’a tartibi
— "Tanlanganlar" javob o‘yinini o‘z uylarida o‘tkazishadi.
— Yevropa ligasini bitta guruhda o‘tkazgan jamoalar hamda bir mamlakat vakillari ushbu bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.
— "Braga" va "Portu" stadionlari bir-biriga yaqin joylashgani uchun, UYEFA reglamentiga ko‘ra, ular bir kunda uy o‘yinlarini o‘tkazishlari mumkin emas. Shu bois, qur’a natijasidan qat’i nazar, "Braga" 26 fevral kuni bo‘ladigan javob o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazadi.
1/16 final o‘yinlari qachon o‘tkaziladi?
Dastlabki o‘yinlar 20 fevral, javob uchrashuvlari 27 fevral kunlari o‘tkaziladi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan 22:55 va 01:00da boshlanadi. Nimchorak finalga qur’a tashlash marosimi 28 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.