Kecha “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng, «TheSun» jurnalistiga intervyu berib o‘tgan murabbiy ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi.
- Yurgen endilikda hakamlar qizil kartochkani sariqqa almashtirish imkoniyatiga egalar. Buning uchun monitordagi takroriy lavhalarni tomosha qilishlari mumkin. Bu vaziyatga qanday baho berasiz?
- Menimcha ularda monitor borligi uchun monitordan foydalanishga qaror qilishgan. Jiddiy aytadigan bo‘lsak, bu qarorning asl mohiyati nimada ekanligidan bexabarman. Agar bu kerakli qarorlarni chiqarishda yordam bersa yaxshi, biroq endi o‘yindagi to‘xtalishlar soni yanada ortib ketadi. APL o‘yinlarida bunday bahsli vaziyatlar yetarlicha topiladi. Men ham bu boradagi bir nechta maqolalarni o‘qib chiqdim. Bilishimcha, hakamlar faqat kartochka ko‘rsatayotganidagina monitordan foydalanishlari mumkin. Demak, hakamlar to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun o‘zlarida bor imkoniyatlarning barchasini ishga tushirishmoqchi.
- “Liverpul” va “Manchester Yunayted”ning o‘rtasidagi azaliy raqiblik haqida nima deya olasiz?
- Bu juda muhim uchrashuv. Undagi g‘alabaning salmog‘i katta, biroq biz bugungi kunda APLdagi barcha raqiblarimizga “Yunayted”ga yondoshgandek yondoshyapmiz. Ayni damda hamma biz uchun jiddiy raqibga aylangan.
O‘ylashimcha o‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsalar juda ko‘p. Masalan, azaliy raqiblarga qarshi o‘yinga to‘g‘ri yondashuvni ham o‘rganishimiz kerak. Biz avvalgi turlarda chakki o‘yin ko‘rsatmadik, biroq o‘sishimiz kerak bo‘lgan omillar yetarlicha topiladi. “Qizil iblislar”ga qarshi uchrashuvda biz mukammal formada bo‘lmagan bo‘lsakda, maydondan bor kuchimizni tashlab chiqib ketdik. Biz qanday sport formasida bo‘lishimizdan qat’iy nazar ishonchli ko‘rinishimiz darkor.
Aslida bu raqiblikning tarixi qanday ekanligini ahamiyati yo‘q. “Liverpul”ning ham “Manchester Yunayted”ning ham yulduzli onlari bo‘lgan. Har doim kimdir fovorit sanaladi, biroq barcha g‘alaba qozonishni istaydi va maydonda bor salohiyatini namoyish etishga tirishadi.
Eng qizig‘i shundaki, barcha prinsipial o‘yin deb baho bergan bu to‘qnashuv so‘nggi ikki yil davomida umuman o‘zgacha ko‘rinish olmoqda. Bu haqida o‘tgan yili Sulsher bilan ham suhbatlashgan edim. U mening fikrimga qo‘shilmagan bo‘lsada, men o‘z fikrimda qolaman.
Bugungu kunda “Manchester Yunayted” bizga qarshi uchrashuvlarda himoyadan to‘p surmoqda. Bu mavzuda Sulsherga nimalar deganimni eslay olmayman, lekin “Manchester Yunayted” bizga qarshi himoyadan o‘ynayotgani fakt! Senga qarshi sifatli tarkibga ega kuchli jamoa himoyadan o‘ynashini kuzatish biroz g‘alati. Azaliy raqiblar o‘rtasidagi uchrashuvda himoyadan to‘p surish? Kechirsiz, azaliy raqiblar to‘qnashuvida chinakam “Boltachopqi” kuzatilishi kerak!
Bu mavsumda nafaqat “qizil iblislar”, balki “Tottenhem” bilan uchrashuvda ham mana shunday holat kuzatildi. Bunga barchanigiz guvoh bo‘ldingiz. O‘yinning 70 daqiqasi ortda qolgan bir paytda, to‘p nazorati 80-20 foiz edi. Markaziy uchrashuvlarda bunday holatni kuzatish mumkinmi? To‘g‘ri, bu jamoalar ajoyib qarshi hujumga ega. Men ularni faqat qarshi hujumga tayanib qolgan jamoa demoqchi emasman. Ular shunchaki, raqibni qarshi hujumda ushlashni asosiy o‘yin falsafasiga aylantirib olishgan.
Ko‘pchilik mening fikrlarimni tanqidga yo‘yishi mumkin, biroq men o‘z qarashlarimni o‘zgartirmayman. Ko‘zim bilan ko‘rayotgan voqealarga izoh beryapman xolos. Raqiblarning bizga qarshi o‘yinlarda himoyaga suyanishi ishimizni qiyinlashtirmoqda. Bunday to‘qnashuvlarda ochiq futbol ko‘rsatishni judaista istaymiz. Afsuski, bizda bori hozircha shu!