Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Kutamiz!

Kutamiz!

Baho:
+ | -

Hozir hammaning asabi tarang! Hozir hamma lug‘at boyligidagi bor so‘zlari bilan futbolchiyu Drulovichni haqorat qilishga tayyor.

Aslida, bugun ham o‘zbek futbolidagi qora an’ana davom etdi. Kerakli pallada yutqazdik. Unchalik kuchsiz bo‘lmagan raqibga.

Bugun nega yutqazdik? Fikrimcha, bugun tobi qochgan Bobur Abduxoliqovning o‘rniga boshqa futbolchini tushirish kerak edi. Chunki g‘alaba qozonish kerak bo‘lgan paytda asosiy figura hujumchi bo‘ladi. Boburning tobi qochgani esa o‘yinining ham “mazasini qochirdi”.

Bugun futbolchilar bir-birlarini yaxshi tushunishdi toki raqib jarima maydoniga kirgunga qadar. Raqib jarima maydonida esa negadir o‘yinimiz qovushmadi. Agar elementar jihatlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, futbolchilarimiz kerak paytda to‘pdan qutulishni va qanday qutulishni qoyillata olishmadi. Buning ustida ko‘proq ishlash kerak.

Bugungi o‘yin Janubiy Koreyaga qarshi kechgan o‘yindan farq qildi. Futbolchilarimiz o‘sha o‘yindagi kabi dovdirashmadi, lekin taktik jihatdan xatoga yo‘l qo‘yildi. Saudiya Arabistoni bosh murabbiysi bugun Drulovichni taktik jihatdan mag‘lubiyatga uchratdi.

Yana bir jihat, BAAni 5-1 hisobida mag‘lubiyatga uchratganimiz zararimizga ishladi. Chunki bizning futbolda azaldan shunday, bir o‘yinda bundayroq raqibni yirik hisobda yer tishlatdikmi, “Bu biz”, deymiz-da keyingi raqibga qarshi tuzukroq tayyorlanmaymiz garchi u avvalgi raqibdan kuchliroq bo‘lmasa-da.

Bizga pand bergan jihat – hujum chizig‘ining ojiz qolgani bo‘ldi. Hujumda o‘yinimiz qovushmadi. Aslida, hujumda variantlar kam. Tobi qochgan bo‘lsa-da, yana Bobur Abduxoliqovning asosiy tarkibda maydonga tushgani bizning kamchiligimiz, aslida. Men bu bilan Boburning bugungi o‘yinini qoralamoqchi emasman, shunchaki bosh murabbiyda doim A variantga teng bo‘lgan B variant ham bo‘lishi kerak. Kamiga Drulovich tarkibdagi hamma futbolchilardan ham foydalanmayapti. Balki, tarkibda yanada iqtidorli futbolchilar bordir, ular esa buni maydonga tushsalargina ko‘rsata olishadi. Ammo Drulovich zaxiradan foydalanishda ham juda oqsayapti.

Menga yoqmagan jihat – o‘yinning so‘nggi daqiqalari, yutqazyapmiz, hal qiluvchi burchak zarbasi. Oxirgi imkoniyat. Hayot-mamot. Futbolchimiz esa to‘pni tuzukroq ko‘tara olmadi. Baraka topkur, charchagan bo‘lsang, boshqaga ayt, “Sen tepgin”, de... Mayli-da...

Keling, biz ham an’anamizga sodiq qolamiz. Kutamiz. Hali imkoniyatimiz bor. Uchinchi o‘rinni olsak, Tokioga yo‘llanma olamiz. Shunday deyman-u, uchinchi o‘rinda yo Janubiy Koreya, yoki Avstraliya bilan o‘ynaymiz. Qo‘rqib ketadi-ey odam.

Agar shu maqolani Yaxshiboyev o‘qiyotgan bo‘lsa, jon ukam, iltimos sendan, hadeb aldayvermay, to‘pdan vaqtida qutulishni, jamoadoshlaringga kerakli paytda uzatishniyam o‘rgan.

Bugungi mag‘lubiyat peshonamizga yozilgan, aslida. Nimayam derdik, Yaratganning irodasi. Shuning uchun futbolchilarni hadeb tanqid qilavermasdan, Yaratgandan uchinchi o‘rin uchun jamoamizga omad tilaylik.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:47, 22.01.2020.
O'qildi: 6438 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.