Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

Lyubinko Drulovich: «Bilmadim. Izoh berish qiyin»

Lyubinko Drulovich: «Bilmadim. Izoh berish qiyin»

Baho:
+ | -

Biroz avval yakuniga yetgan Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston Olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng matubot-anjumani o‘tkazildi. Anjumanga dastlab terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich keldi.

“Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Dam olish uchun kam kun bo‘lgani baribir o‘z so‘zini aytdi. Lekin bugun yomon o‘ynamadik. Ko‘proq imkonityalarga ega bo‘ldik. Birgina Bobir Abduxoliqovda 3 ta yaxshi vaziyat bo‘ldi. Afsuski, foydalana olmadik. O‘yin oxiri raqib uchun omadli o‘tdi. Saudiyaliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Endi kelgusi o‘yinlarga yaxshi tayyorlanishga harakat qilaman”, – dedi Lyubinko Drulovich.

– 1 yildan beri O‘zbekiston terma jamoasidasiz. Nima deb o‘ylaymiz, nega Milliy terma jamoamiz ham, yoshlarimiz ham o‘yin oxirida imkoniyatni boy berib qo‘ymoqda?
– Bilmadim. Bunga izoh berish qiyin. Bugungi o‘yindagidek birgina xato vaziyatni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Futbol shunisi bilan ham boshqa sportlardan farq qiladi. Bugungi o‘yin o‘tib bo‘ldi. Endi buni unutgan holda bor e’tiborimizni keyingi bahsga qaratamiz.

– Bugun mag‘lubiyat bo‘lsa-da, Olimpiada yo‘llanmasi uchun imkon bor. Yigitlarni tayyorlashga ulgurasizmi?
– Avvalo, natijaga erishish uchun o‘zimizni ishontira olishimiz kerak. Endi keyingi o‘yinga borimizni berib tayyorlanamiz. Hozir yigitlarni ham ruhiy jihatdan tayyorlash kerak. Olimpiadaga yo‘llanma qo‘lga kiritish O‘zbekiston uchun qanday muhim ahamiyat kasb etishini tushinib turibmiz. Nasib qilsa, kelasi uchrashuvda bu ishonchni oqlaymiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:14, 22.01.2020.
O'qildi: 9246 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.