Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Og‘zimni yumishni o‘rgangach, kuchliroq bo‘ldim.” Suaresdan ajoyib iqtboslar

“Og‘zimni yumishni o‘rgangach, kuchliroq bo‘ldim.” Suaresdan ajoyib iqtboslar

Baho:
+ | -

Zamonaviy futboldagi eng kuchli hujumchilardan biri Luis Suaresning hayot yo‘li haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Urugvayning eng kambag‘alar ko‘chalaridan “Kamp Nou”gacha bosib o‘tgan yo‘li haqida kitob yozish mumkin. Bugun uning iqtiboslarini yodga olib o‘tamiz.

Yoshligi haqida

Mening yoshligim Yevropadagi bolalarnikidan keskin farq qiladi. Biz Urugvay ko‘chalarida asosan yalangoyoq yurar edik. Futbol o‘yinlarida faqat puli bor oilalarning bolalarigina butsa bilan harakat qilishar edi. Ko‘chamizda qaysi bolaning butsasi bo‘lsa, o‘sha bolaga barchaning havasi kelar edi. Men hech qachon ota-onamdan butsa xarid qilishlarini so‘ray olmaganman. Buning iloji yo‘q edi. Tushunyapsizmi? Janubiy Amerikaning Yevropadan farqi nimad ekanligini angladingizmi? Urugvayda barchasi juda sodda narsalar ustiga qurilgan.

Futbolchi bo‘lishi yo‘lida

Men futboldan lazzat olishim uchun juda katta va qiyin yo‘lni bosib o‘tganman. Erishgan yutuqlarimning barchasida sog‘inch va yetishmovchilikning tutgan o‘rni beqiyos. Agar senda barcha narsa bo‘lsa, hech qachon futbolga 100 foiz e’tibor berishning iloji yo‘q.

Nima bilan faxrlanadi?

Men doimmo yomon yigit bo‘lganman. Jamodagi eng yomon futbolchi. Doimmo tanqid va so‘kishlar eshitib yuradigan inson edim. Shunga qaramay, o‘zimni o‘zgartirishni uddaladim. Muhim gollar orqali buyuk uchrashuvlarda g‘alaba qozonishni uddaladim. Doimmo omadsizliklardan so‘ng, yana kurashga qaytdim. Aynan shu jihatim bilan faxrlanaman.

“Barselona” haqida

Tan olishdan uyalmayman. “Barselona” meni sotib olishga qaror qilganini eshitgach, baxtdan o‘tirib yig‘laganman. Klub mendan qiyin palalarda voz kechib ketmagan. Shuning uchun bu jamoani 4 barobar kattaroq maosh taklif etishganida ham tark etmadim.

 

Messi bilan aloqalari

Messi mening yeng yaqin do‘stim. U Katoloniyaga kelishim bilan “Barselona” eshiklarini menga ochdi. Bizning va oilalarimizning aloqalari juda yaxshi. Menimcha maydonda yaxshi til topishgan futbolchi doimmo uning tashqarisida yaxshi do‘stga aylanadi.

Mashxurlikning boshqa tomoni

Afsuski, mashxurlikning ham salbiy omillari mavjud. Insonlar sizning shaxsingizga katta qiziquvchanlikda bo‘lishadi. Bu avvaliga yoqimli, biroq ko‘p o‘tmay joningizga tegadi. Supermarketdan xarid qilish uchun kamida 30 ta odam bilan suratga tushish kerek. Afsuski, ba’zan kayfiyatsiz bo‘lsangizda kulib turish lozim. Bunga ko‘nikishga majburman.

Murabbiylar maslahati

Men ishlagan barcha murabbiylar mendan o‘yin paytida raqib futbolchilari bilan muloqat qilmaslikni so‘rashar edi. AFsuski, o‘yin chog‘ida his-hayonni jilovlab olish mushkul ish. Shunday bo‘lsada, men buni uddaladim va yanada sermahsul o‘yin ko‘rsatishni boshladim.

 

Brenden Rojers

Brenden Yevropadagi eng kuchli murabbiylardan biri. Aynan uning hizmatlari evaziga men “Barselona” darajasidagi hujumchi bo‘lib yetishdim. Menimcha u faqat YECHLda ishtirok etadigan jamoalardagina faoliyat olib borishi kerak. Rojers nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham futbolchilar bilan yaqin aloqada bo‘lishni istaydi. Chinakam yaxshi inson va ajoyib murabbiy.

Serhio Ramos

Menga qarshi to‘p surgan himoyachilar ichidagi eng kuchlisi. U jismnan baquvvat va doimmo kurashga kirishga tayyor 

Nimani orzu qiladi

Doimmo Messiniki singari chap oyoq egasi bo‘lishni orzu qilganman. Bundan tashqari, Neymar singari hayotni sevishni ham istayman.

VAR

Sen gol kiritishing bilan adrenalin va emotsiaga berilsan. Oradan bir daqiqa o‘tib hakamlar VARga murojaat qiladi. Gol inobatga olinsa ham sendaki quvonch birdan yo‘q bo‘lib qo‘lganini sezasan. Bilasizmi, VAR futbolchilarni quvonchdan mahrum qilmoqda.

Kiyellini voqeyasi

Avvaliga butun kariyeram qumdan yasalagan saroydek qulab ketgandek tuyuldi. Hech kim bilan gaplashgim kelmas, hammadan qochishni boshladim. Ko‘p o‘tmay undan uzur so‘radim va biroz yengil tortdim.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:51, 26.01.2020.
O'qildi: 4544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.