Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Tottenhem” kuzatishda davom etadi

Londonning “Tottenhem” klubi qishki transferlar chog‘ida “Sautgempton” sardori Pyer-EmilXeybyergni sotib olmoqchi.

Bu haqida “Mirror” nashri ma’lum qilmoqda. “Shporlar” 24 yoshli futblchining transferi orqali markazdagi muammolarni bartaraf etishni rejalashtirishmoqda.

Daniyalik futbolchining o‘zi ham jamoadan ketishga qarshi emas, barchasi “avliyolar” rahbarlari tomonidan hal qilinishi kerak.

saltib o‘tamiz, ayni damda daniyalik futbolchining hizmatlari bilan Everton va “Arsenal” jamoalari ham jiddiy qiziqib qolgan.

“Siti” “Barsa”ni quvib o‘tdi

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Braziliyalik yosh iqtidor egasi Yan Koutoning transferini amalga oshirishga juda yaqin kelgan edi, biroq “Manchester Siti” jamoasi ulardan ilgarilab ketdi.”,-deb xabar bermoqda “GlobeEsporte” nashri.

Gap shundaki, “Barselona” qanot himoyachisi uchun 5 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi. Bugun “shaxarliklar” futbolchi uchun 15 million yevro taklif qilishdi va vaziyatni to‘qliqligicha o‘z tomonlariga og‘dirib olishdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining agenti ham Koutoning tumanli albionga ketishini ma’lum qilgan.

Hujumchi izlash davom etadi

“Manchester Yunayted” jamoasi Reshfordning o‘rnini to‘ldirishga qodir hujumchi izlashda davom etmoqda. “The Times” nashrining ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” shortlistiga Xitoyning «Dalyan Ifan» klubi hujumchisi Salamon Randon tushib qolgan. O‘zining “Vest Bromvich”dagi o‘yinlari bilan muxlisalarga yaxshi tanish bo‘lgan hujumchining o‘zi ham APLga qaytishga qarshi emas.

Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa Kshishtof Pyontekni qo‘ldan chiqiarib yuborgach, Randon transferiga urg‘u berishga harakat qiladi.

Shuningdek, jamoa nishonida Igalo va Slimani singari hujumchilar mavjud.

“Yuventus” ishga kirishdi

 

Turinning “Yuventus”jamoasi “Inter” klubi hujumchisi Mauro Ikardining transferi borasidagi ishlarni boshlab yubordi. “Tuttosport” nashrining ma’lum qilishicha, “zebra”lar argentinalik hujumchini sotib olishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilishgan.

Ayni damda Parijning PSJ jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan hujumchi klubda qolishi mumkin. Sababi, Parij jamoasi hujumchini sotib olish sharti bilan ijaraga olgan. Agardam PSJ Ikardi uchun yozda 70 million yevro berishdan bosh torsa, hujumchining keyingi manzili “Yuventus” bo‘lishi aniq bo‘lib ulgurdi.

«Byankonerilar» to‘purar hujumchining hizmatlariga ehtiyoj sezishayotganini yashirib o‘tirmayapti. Klub Ikardini qo‘lga kiritsa, Iguain bilan xayrlashishga tayyor.

“Sheffild” o‘z rekordini o‘rnatmoqchi

 

APLdagi o‘yinlari bilan barchani hayron qoldirishda davom etayotgan “Sheffild” klubi o‘z transfer rekordini o‘rnatishga yaqin turibdi. Gap shundaki, klub Belgiyaning “Genk” klubi yarim himoyachisi Sander Berg uchun 20 million yevrodan voz kechishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

“Genk” ham o‘zining asosiy daromad manbayi sanalashmus iqtidorlarni pullashga qarshi emas. Tez orada transferning to‘liq tavsilotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Eslatib o‘tamiz, Berge ushbu mavsumda 24 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisoboga 4 ta gol yozib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:10, 31.01.2020.
O'qildi: 11544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.