Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

APLda inqirozmi?!

APLda inqirozmi?!

Baho:
+ | -

Chempionlik tituli uchun ko‘zi libosining rangi kabi qip-qizil qonga to‘lgan “Liverpul” yaqin ta’qibchisini 22 ochkoga ortda qoldirayotgani bois APL sayyorasining tortish kuchi pasaygandek tuyulmoqda. Ya’ni, hali biz bahorga yetmasdanoq bosh sovrin sohibi nomini bilamiz, go‘yo! Bahslashish noo‘rin mavzu! Klopp jamoasi haqiqatda tengsiz! Ammo, bu dunyodagi eng tomoshabop liganing umumiy mavqeiga qanday ta’sir o‘tkazmoqda?! Teletranslyasiyalar hajmi salbiylashmayaptimi? Umuman, masalan neytral bir muxlisning APLni kuzatishga ishtiyoqi pasaydimi?

Bilmadim! Mening nazdimda, Angliya chempionati so‘nggi 10-15 mavsum ichida jamg‘argan zahirasi bilan o‘z auditoriyasini past templarda ham yana 10-15 mavsum ushlab tura oladigandek tuyuladi. Gap bu yerda yakka yetakchining ajrab qolishi-yu, intrigalarning kamayib ketishida emas. Gap APL atrofidagi marketing, PR-media va translyasiya ishlarining eng oliy darajada yo‘lga qo‘yilganidadir.

Qisqa muddatli sharhlovchilik va o‘rta muddatli muxlislik tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkin-ki, APL translyasiyalari kabi ko‘ruvchiga mazmunli informasiya bera oladigan boshqa liga yo‘q! Deyarli hammasi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari o‘yin oldi va o‘yindan so‘nggi mahsulotlar sifati bo‘yicha ham inglizlarning oldiga tushadigani yo‘q. APL World, Premier league preview magazine kabi dasturlar Futbol TV tomonidan ham muntazam taqdim etib kelinadi.

Qisqa qilib aytganda, APL nafaqat juda qimmatbaho va o‘ta xushta’m mahsulot, balki, ayni vaqtda o‘ta ko‘rkam va elegant usulda qadoqlangan mahsulotdir! Nima ham deyish mumkin?! Bu daromadni to‘g‘ri taqsimlash natijasidir. Qachonlardir “A” seriya “kichik mundial” deb nomlanar va millionlar diqqati markazida edi. Keyin chempionat inqirozga yuz tutgach qadoqning sifatsizligi birlamchi mahsulotning yaroqlilik muddatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Tumanli albionda esa inqiroz davrlari uchun ham rejalar mavjud!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/o_tolipov
Kiritildi: 09:53, 13.02.2020.
O'qildi: 4051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.