Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Fransiya chempionatining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniq bo‘ldi

Fransiya chempionatining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Neymar Fransiya chempionatining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. Bunday qaror Fransiya professional futbolchilar assosiasiyasi tomonidan qabul qilindi.

Braziliyalik futbolchi o‘tgan oyda Liga-1 doirasida 3ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tkazilgan so‘rovnomada Neymar «Reyms» himoyachisi Yunus Abdulhamid va «Lion» hujumchisi Mussa Dembeleni ortda qoldirdi.

Umuman olganda, 28 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Fransiya chempionati doirasida 14ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 6ta golga uzatma bergan.

«Monako» hujumchisi Vissam Ben-Yedder dekabr oyida Liga-1ning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olgan edi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 11:56, 21.02.2020.
O'qildi: 2644 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик