Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Ibrahimovich zamonaviy futbolchilardan kimning o‘yini yoqishini aytdi

Ibrahimovich zamonaviy futbolchilardan kimning o‘yini yoqishini aytdi

Baho:
+ | -2

O‘zining o‘tkir iqtiboslari va shedevr gollari bilan barchaga tanish Zlatan Ibrahimovich “Mirror” nashri uchun bergan intervyusida zamonaviy futbolga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Ayni damda “Milan”da to‘p surayotgan futbolchi zamonaviy futbolchilar ichida kimning o‘yinlarini miriqib tomosha qilishini ham oshkor qildi.

Bu albatta Mbappe! To‘g‘ri, u hali juda yosh, biroq ishonamaki Killian o‘sishdan to‘xtab qolmaydi. Uning yoshiga e’tibor bermang, u allaqachon yulduz darajasiga chiqib bo‘ldi. Umid qilamanki, u g‘alabaga chanqoqlikni yo‘qotib qo‘ymaydi va o‘z ustida ishlashda davom etadi.

Bu yosh futbolchilar uchun juda muhim omil. Agar senda yaxshi uy, zo‘r mashina va chiroyli qizlar bo‘lsa, oldinga intilishning iloji yo‘q. Men Killian bularni chetlab o‘tishiga umid qilaman. Agar, futbolchi sifatida yildan-yilga o‘sib borsa, unda ulkan g‘alabalarga erishish imkoni mavjud. Buning uchun maydondagi sovuqqonlikni yo‘qotmaslik talab etiladi. Zamonaviy futbolda sovuqqonlik juda muhim rol o‘ynayotganini inobatga olsak, bu jihat borasida ham Mbappe o‘sishi kerek.

Avvalari, barcha hujumchilar Ronaldoga taqlid qilar edi. Shu jumladan men ham. Uning o‘z uslubi bo‘lgan. Zamonaviy futbolchilar orasida menga o‘ylashimcha Mbappe ko‘proq ma’qul kelmoqda. Uning o‘yinlariga razm solsangiz, Killian qolganlardan yaqqol ajralib turishini darrov his etasiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:12, 26.02.2020.
O'qildi: 10000 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик