Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Kazemiro "Barselona" klubiga qarshi o‘yinning tanaffus paytida jamoadoshi Vinisius Juniorga maslahat berganini tan oldi.
«Tanaffus paytida Vinisius bilan gaplashgandim va unga egoistroq bo‘lishini maslahat bergandim. U juda iqtidorli, lekin u gol uradigan vaziyatda ham doim jamoadoshlariga pas beradi. Nega? Hech kimni hafa qilishni xohlamaydi.
U maydonda doim Benzemani izlayotganini payqab qoldim. Keyin unga vaqtni behuda sarflamasdan, darvoza tomon zarba berishini maslahat berdim», — dedi Kazemiro.