Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Xansi Flik "Xoffenxaym" klubiga (6:0) qarshi o‘yinda muxlislarning harakatlariga fikr bildirdi.
"Bizning asosiy maqsadimiz - futbol o‘ynash. Ajoyib erishgan natijamizni muxlislarimiz o‘zlarining aksiyalari orqali buxishdi. Men ularning qilgan ishini oqlamayman, bunga qarshi kurashishimiz kerak. Biz futbolning tarkibiy qismidan uzoqlashmasligimiz kerak. Muxlislar o‘z aksiyalarini to‘xtatadilar deb o‘ylamayman", - Flikning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.