Matye Valbuena "Olimpiakos" bilan yangi shartnoma imzoladi, deya xabar beradi jamoa rasmiy sayti.
35 yoshli futbolchi shartnomani 2021-yilning 30-iyungacha uzaytirdi.
Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi o‘tgan yozda "Olimpiakos" jamoasiga "Fenerbaxche"dan erkin agent sifatida qo‘shilgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Valbuena bu mavsumda "Olimpiakos" safida 31 ta uchrashuvda 8 ta gol va 21 ta gollik uzatma amalga oshirgan.