Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

La liga. «Barselona» VAR belgilagan penalti evaziga g‘alaba qozondi (videosharh)

La liga. «Barselona» VAR belgilagan penalti evaziga g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+1 | -2

Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Real Sosyedad»ni qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Jamoalar o‘yinni u qadar yuqori temp bilan boshlashmadi. San-sebastyanliklar esa asosiy e’tiborni himoyaga qaratishdi. Kataloniyaliklar bo‘limga so‘nggiga yaqin ikkita golga tortadigan vaziyat yaratishdi.

Bahsning 29-daqiqasida Messi burchakka yaqin joyda raqib himoyachisiga nisbatan bosim o‘tkazdi va undan to‘pni olib qo‘ydi va xavfli hujumga asos soldi. U Buskets bilan "devor" o‘ynab, darvozabon yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va zarba berdi. To‘p darvozabondan maydonni tark etdi.

Tanaffusga 5 daqiqa qolganida esa uchrashuvdagi eng xavfli vaziyat yuzaga keldi. Alba-Breytueyt-De Yong-Messi kombinasiyasidan keyin Leo 12 metrdan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda esa "ko‘k-anorranglilar" tezlik oshirishdi va buning oqibatida bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishdi. Messi tomonidan yo‘llangan 2ta zarbaga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, Rakitichning kuchli zarbasini darvozabon Aleks Remiro mahorat bilan qaytardi. Alba olis ustun tomon bergan uzatmasiga esa Ivan birozgina yeta olmadi.

Gol esa kutilmaganda berilgan penalti tufayli berildi. Videoyordamchi hakamlar referiga bir vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga taklif etishdi. Alba yuqoridan uzatma bergan paytda to‘p bosh bilan o‘ynashga intilgan himoyachining qo‘liga tekkani uchun "Sosyedad" darvozasi tomon penalti belgilandi. Messining 11 metrli jarimadan yo‘llagan zarbasini posbon qaytara olmadi.

O‘yinga qo‘shib berilgan eng so‘nggi daqiqada "Barsa" ikkinchi golni ham urishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Messi uzatma berayotganida Ansu Fati birozgina ofsadda qolganini VAR aniqladi va golni bekor qildi.

Shu tariqa, "Barselona" o‘z ochkolarini 58taga yetkazib, kamida 1 kunga La liga peshqadamiga aylandi.

Ispaniya La ligasi, 27-tur
Barselona – Real Sosyedad 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 81, penalti Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Langle, Alba, Semedu, Buskets, Rakitich (Vidal, 74), de Yong, Breytueyt (Firpo, 89), Grizmann (Fati, 85), Messi.
Real Sosyedad – Remiro, Le Norman, Monreal, Gorosabel, Lyorente (Subeldiya, 71), Edegor, Merino, Barrenechea (Oyarsabal, 58), Gevara, Portu, Isak (Villian Joze, 82).
Ogohlantirishlar: Langle (16), Messi (42), Merino (56), Pike (61), Gevara (76), Oyarsabal (80), Buskets (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:32, 08.03.2020.
O'qildi: 5599 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.