Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Ayaks» — 120 yoshda!

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Ayaks» — 120 yoshda!

Baho:
+ | -

Dostoyevskiyning mashhur gapi bor: “Dunyoni go‘zallik qutqaradi”. Go‘zallik noyob hodisa aslida. U doim ham porlashi mumkin emas. Ulug‘ adib qutqaradi deyaptimi, demak, qutqarishi uchun dunyo jarlikka kelib qolishi kerak. Shunda u paydo bo‘ladi va nimadir qiladi.

Teatrning tarixi uzoq Rimga borib taqalsa, futbol spektaklidagi uslublar otasi Niderlandiya futboli desak, mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Ha, Niderlandiya maktabi dunyo pragmatizmdan, yana qandaydir og‘irkarvon uslublardan zerikkanda, natijaga yopishib olgan futbol olamiga faqatgina joziba ulashish uchun tashrif buyuradi. Bo‘ldi.

Yigirmanchi asrda o‘z maktabiga ega bo‘lib-da jahon kubogini boshi uzra ko‘tara olmaganiga sabab ham shu. Beg‘araz tashrifi. U bundan sira achinmaydi. O‘ziga yoqqan jozibali futbolda davom etaveradi.

Tushunib yetdingiz, Ayaks... Bugungi kun afsonasi – Leo Messining o‘zi ham total futbolni dunyoga ulashgan va shuning natijasida Kruiff ko‘prigi orqali Kataloniya klubiga kelib qolgan uslubning kenja nabirasi hisoblanadi. Juda iqtidorli, balki shu paytga dovur mazkur maktabda o‘ynaganlarning eng iqtidorlisidir, ammo fakt shuki, uning futboldagi bobosi Ayaks va golland futboli.

Ayaksni yosh jamoa deyishsa kulgim qistaydi. Bugun u 120 yoshga kirdi. Nafaqat tarkibi, balki o‘zini ham yosh deyishadi nuqul. Ha, u doim keyingi yil turli klublarga uchib ketadigan qaldirg‘ochlari bilan porlaydi. Lekin u qachondan beri shunday qiladi, eslab ko‘ring. Eslolmadingizmi, unda otangizdan so‘rang, aytib bersinlar bu jamoa hech qanaqa yoshmasligini va qadimdan qanday missiya bilan yashab kelayotganini. Ayaks dunyo futboliga onda-sonda go‘zallikni eslatish uchun turli xil ko‘rinishda kelib ketuvchi noyob hodisa, shuni aytib bersinlar. Benazir akademiyasidan yetishib chiqadigan yulduzlari kishini hayratlantiradi va har kelganida yangicha uslub bilan dunyoni titratib ketadi. Chaqmoqqa o‘xshaydi. Shundan so‘zlasinlar.

Oltin to‘p Messiga kerak, bilamiz, Saloh uchun ham o‘z darajasidan balandga sakrash payti yetib keldi, Tottenhem o‘z dramasini yana davom ettirmoqchi, hammasini bilamiz, ammo Ayaksning missiyasi, kechirasizu, ularnikidan ancha oliyroq. Amsterdamliklar natijaga, raqibga, qandaydir megayulduzga, super-puper mablag‘larga suyangan tog‘klublarga ko‘z qirini ham tashlab o‘tirmaydilar. Keyingi yil Ayaks tarkibining asosiy qismi o‘sha megaklublarga o‘tib ham  ketar, biroq hozir, ayni daqiqalarda ular shu missiyani bajarayotgan paytda Ayaks libosidalar, bu esa, qolganlar uchun qo‘rqinchli bo‘lishi turgan gap. Ishonmaydiganlar chempionlar ligasi turnirining 3 karra chempion jamoasi va  turnirning eng yaxshi futbolchisidan so‘rab ko‘rishsin, ular bu gapimni ko‘zda yosh bilan tasdiqlab berishadi.

“1995 yil hali ko‘p-ko‘p qaytib turadi!” Amsterdam stadioni oldida yozib qo‘yilgan yozuvdan. Negadir haligacha ishonib yashayapmiz...

Xayrulla HAMIDOV.

P.S. "Ayaks"ning oltin gollari. Qarang, qanday yulduzlar bor bu o‘nlikda?!

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 07:22, 18.03.2020.
O'qildi: 4408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.