Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Pyanichning “oshiqlari” ko‘p

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich yozda bir yo‘la Yevropaning to‘rtta grand klubidan taklif oladi. Bu haqida taniqli Corriera Della Sport nashri ma’lum qilmoqda.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, yozda futbolchi uchun “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Barselona” va PSJ klublari kurash olib boradi. Hozircha yarim himoyachiningo‘zi qaysi klubda faoliyatini davom ettirishi borasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

“Yuventus” o‘z futbolchisini 60 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Eslatib o‘tamiz, “zebra”lar bosniyalik futbolchining o‘rnini “Breshiya” klubi a’zosi Sandro Tonali bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

Milik “Milan”ga o‘tishi mumkin

 

Italiyaning “Napoli” klubi hujumchisi Arkadiush Milik yozda “Milan” safiga borib qo‘shilishi mumkin. Bu haqida “LeGazzetaDellaSport”nashri ma’lum qilmoqda. Xabarda aytishilicha, polshalik futbolchi yozda Milanni tark etishi kutilayotgan Zlatan Ibrahimovichning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Ayni damda, ikki klub ushbu transfer borasida muzokaralar olib bormoqda. Agar barchasi ko‘ngildagidek kechsa, yozda “Milan” Milik uchun Hakan Chalhanog‘luni “Napoli”ga berishi kerak bo‘ladi.

“Inter” hujumchi izlamoqda

 

Milanning “Inter” klubi yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Lautaro Martinesning o‘rnini bosishga qodir futbolchi izlashda davom etmoqda.

Klub matbuot hizmati bergan xabarlarga ko‘ra, jamoa yozda “Liverpul” hujumchisi Divok Origi va “Latsio” yarim himoyachisi Luis Albertolarni o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan.

“Sky Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Liverpul” belgiyalik hujumchini 20 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Shu sababli, uning transferi borasida hech qanday muammo tug‘ilmasligi aniq. Luis Alberto uchun kurash ayovsiz kechishi aniq. Bugungi kunda Ispaniyalik futbolchi uchun bir yo‘la bir nechta grand jamoalar da’vogarlik qilishmoqda.

Marselo ketadi

 

Taniqli “Sportportal” nashri bergan xabarlarga suyanadigan bo‘lsak, “Real Madrid” yozda Marseloni sotuvga qo‘yadi. “Qirollik klubi” bu yil 32 yoshni qarshi olishi kutilayotgan braziliyalik futbolchi bilan hamkorlikni to‘xtatishni va uning o‘rnini yosh va iqtidorli Serhio Regilon bilan to‘ldirmoqchi.

Ayni damda “Sevilya”da ijara asosida to‘p surayotgan himoyachi yozda ortga qaytarilishi aniq bo‘lib ulgurdi. Vaholanki, andalusiyaliklar himoyachining transfer huquqini sotib olishmoqchi edi.

“Milan” Donnarummani kim bilan almashtiradi?

 

Italiya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, Milanning “Milan” jamoasi yozda klubni tark etishi kutilayotgan Janluiji Donnarummaning o‘rnini bosishga qodir futbolchilarni izlashda davom etmoqda.

Ayni damda, “rossonerilar” nishonida “Napoli” kipperi Aleks Meret va “Udineze” darvozaboni Xuan Mussolar turibdi.

Italiya klubi o‘z darvozaboning transferidan hech bo‘lmasa 25 million yevro ishlab olishni reja qilgan. Sababi, agar klub uni shu yoz sotmasa, kelasi mavsumda Donnarumma erkin agent maqomiga ega bo‘ladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:16, 21.03.2020.
O'qildi: 7035 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.