Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bahriddin Omonov: «Rifat Akramxo‘jayevda futbolchilarni ma’nan ruhlantirish kuchli edi»

Bahriddin Omonov: «Rifat Akramxo‘jayevda futbolchilarni ma’nan ruhlantirish kuchli edi»

Baho:
+ | -

Surxondaryo futbolining yana bir afsonalaridan biri, o‘z vaqtida "Surxon", "Sho‘rchi-lochin", "To‘palang", "Sho‘rtan" jamoalarida to‘p surgan tajribali futbolchi Bahriddin Omonov bilan suhbat uyushtirdik.

— Futbolchilik faoliyatingizni qachon boshlagansiz?
— "Denov" stadioni uyimizning oldida joylashgan edi. Adashmasam, yetti yoshimdan futbol o‘ynashni boshladim. Shu tariqa, asta-asta katta futbolga kira boshladim. Professional faolyatimni 2000-2001 yillarda "Sho‘rchi-Lochin" jamoasida boshladim. Ikki yil davomida shu klubda to‘p surdim. O‘sha yillari Ismoil Nomozov "Sho‘rchi-Lochin" bosh murabbiyi edi. Shu inson meni "Sho‘rchi-Lochin" jamoasiga qabul qilgan. Shundan so‘ng, 2002 yili Ahror Inoyatov meni "Surxon" jamoasiga taklif qilgan. Shu yili men bilan G‘ayrat Amanmuratovni jamoaga olishgandi. Jaloliddin Isoqulov aytganidek, "Sho‘rchi" klubi "Surxon" jamoasiga futbolchi yetkazib beradigan baza hisoblangan. 2004-2007 yillarda "To‘palang" jamoasida to‘p surdim. "To‘palang" jamoasiga meni Ravshan Bozorov va Bordyuja taklif qilgan. 2008-2010 yillarda esa "Sho‘rtan" jamoasida to‘p surdim. "Sho‘rtan" jamoasiga meni Ikrom Norchayev taklif qilgan. Futbolchilik faoliyatim shu tariqa kechgan.

— Siz 2018 yili "Surxon" klubida ma’mur sifatida ishladingiz . "Surxon" shu yili o‘z oldiga Superligaga chiqishni maqsad qilgandi. Lekin yakunda Pro-liga 4-o‘rinni egalladi. Aytingchi, bunga nima sabab bo‘ldi?
— Jamoani Superligaga chiqa olmaganligimizga sabab, menimcha, haddan tashqari murabbiylarning ko‘p almashuvi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring qanday qilib birinchi davradan so‘ng 1-o‘rinda borayotgan jamoani butunlay murabbiylar shtabi va futbolchilarini almashtirib tashlash mumkin? To‘g‘ri, ba’zida jamoada o‘yin yo‘q degan e’tirozlar bo‘ldi. Lekin muhimi natija bor emasmidi?  Bir qator yangi futbolchilar olib kelindi. Ularning moslashib ketishi esa ancha qiyin bo‘ldi. Birinchi davrada yaxshi o‘ynab turgan futbolchilarga javob berib yuborildi. Mana shu sabablar tufayli jamoa Superligaga chiqa olmadi deb o‘ylayman.

— 2017 yili "Surxon" jamoasi qayta tashkil etilgach, siz jamoada futbolchi sifatida ko‘rinish berdingiz. Kubok bahsida "Qo‘qon" bilan bahsda maydonga tushdingiz. Lekin ozroq vaqt o‘tgach, sizni umuman futbolchi sifatida futbolda ko‘rmadik. Nega bunaqa bo‘ldi? Bunga sabab nima?
— Men orada 7 yil futbol o‘ynamasdan jamoaga bordim. Shu yili meni Vali Keldiyev jamoaga taklif qilgan edi. Men yaxshi niyatlar qilib bordim. Lekin borganimda muhit umuman boshqacha ekan. Murabbiy go‘yoki "o‘yinchoq"dek edi. Jamoani murabbiy emas boshqa kishilar boshqardi. Bu harakatlar menga yoqmadi va jamoani tark etdim. Shundan so‘ng, futbolchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim.

— Futbolchilik faoliyatingizda qaysi murabbiy uslublari sizga yoqar edi?
— Menga Edgar Gess va Pavlovskiy o‘yin uslublari yoqar edi. Haqiqiy kuchli murabbiylar edi. Bulardan tashqari Vali Keldiyevning ham o‘yin uslubi yaxshi edi. Keldiyev asosan zamonaviy futbol o‘ynatardi. Ya’ni qisqa to‘p uzatishlar, standartlardan foydalanish va hokazolar.

— 2018 yil "Surxon" klubida ma’mur sifatida ishlaganingizda bir qator murabbiylar bilan ishladingiz. Dastlab, Dilshod Nuraliyev, Rifat Akramxo‘jayev, Ikrom Ibragimov, keyinchalik Igor Shkvirin, Abdumajid Toirov, Abdumalik Hakimov, Gennadiy Kochnev... Ushbu murabbiylar orasida qaysi birining murabbiylik salohiyati kuchli ekan? Ya’ni futbolchilarni o‘yinga tayyorlay olishi, taktik sxemalari va h.k.
— Menimcha, O‘zbekistondagi barcha mahalliy murabbiylarning saviyasi bir xil. O‘sha yili Shkviringa imkoniyat berilmadi. Futbolchilarni o‘zi tanlamadi. Undan yana nimani kutish mumkin edi. Men hozir qaysidir murabbiyni ajratib ko‘rsatish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Hammaning o‘ziga yarasha kuchli va kuchsiz tomonlari bo‘ladi. Dilshod Nuraliyev ko‘proq yoshlar bilan ishlagan. Shu sababli ham futbolchilar bilan ota-o‘g‘ildek bo‘lishga harakat qilardi. Rifat Akramxo‘jayev futbolchilarni ma’nan ruhlantirish kuchli edi.

— Futbolchilik faoliyatingizni yakunlagandan so‘ng, hech murabbiy bo‘lish haqida o‘ylab ko‘rmadingizmi?
— Yo‘q, umuman o‘ylab ko‘rmaganman. Mendan murabbiy chiqmasa kerak deb o‘ylayman.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 08:50, 01.04.2020.
O'qildi: 2742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.