Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Breshiya» prezidenti: «Agar mavsum davom ettirilsa — jamoani maydonga tushirmayman»

«Breshiya» prezidenti: «Agar mavsum davom ettirilsa — jamoani maydonga tushirmayman»

Baho:
+ | -

«Breshiya» prezidenti Massimo Chellino mavsumni yakunlab qo‘yish haqida qaror qabul qilinsa, jamoani maydonga tushirmasligini aytib o‘tdi.

«Ushbu mavsumdan boshqa ma’no qolmadi. Uchrashuvlarni muxlislarsiz o‘tkazishga to‘g‘ri keladi yoki o‘yinchilarning sog‘lig‘iga tavakkal ish bo‘ladi. Chempionatni qayta davom ettirish — bu shunchaki ahmoqlik. Agar bizni majbur qilishsa, men jamoani maydonga tushirmayman. Har bir o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchraymiz», — dedi Chellino "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.

«Meni A seriyadan tushib ketish masalasi qiziqtirmaydi. Hozircha pastga tushib ketishga munosib bo‘lib turibmiz, bunda mening ham aybim bor. Mavsumni davom ettirish uchun barcha qoidalarni — o‘yinchilarning shartnomalari, byudjetlar, banklar bilan hisob-kitoblar, transfer bozori, tayyorgarlik, yangi mavsumning boshlanishi kabi ishlarga o‘zgartirish kiritishimiz kerak. Mutlaqo tartibsizlik», — dedi Chellino.

«UYEFA rahbarlari takabbur va mas’uliyatsiz. Ular faqat o‘zlarining iqtisodiy manfaatlari va musobaqalari haqida o‘ylashadi. Ammo A seriya taqdirini UYEFA emas, Italiya hal qiladi. Har ikki kunda bitta o‘yin? Nima UYEFA sutkani 72 soatga uzaytira oladimi?» — deya qo‘shimcha qildi «Breshiya» prezidenti.

Ma’lumot o‘rnida. "Breshiya" A seriyaning 26-turidan keyin 16 ochko bilan jadvalda eng so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 07:36, 03.04.2020.
O'qildi: 3095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик