Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Qator-qator sensasiyalar»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Qator-qator sensasiyalar»

Baho:
+ | -

6 aprel. Bugun tarixiy o‘yinlarga to‘xtalib o‘tayotgan ekanmiz, xotiramizga murojaat qilamizki, qaysi bahs 6 aprelni bezab beradi?

Ha, shubhasiz, 2003/04 yilgi mavsum, Chempionlar Ligasi o‘yini. Chorak final javob o‘yini. "Monako" "Real"ni qabul qilgan oqshom esingizdami? Asr oxiri va yangi asr boshlarida har ikki yil chempion bo‘lishga odatlangan "Real" chempion bo‘ladigan yilida o‘ynayotgandi. Buning ustiga, raqib — "Monako". Daraja zo‘r emas. Yanada ishonchliroq holat – birinchi o‘yinni uyida o‘tkazgan va 4:2 hisobida yakunlagandi. Ko‘rinishidan zo‘r hisob, ikki to‘p farqi bilan o‘zidan kuchsiz raqib uyiga yo‘l olish. Ammo Elgera, Zidan va Figuning dubliga birinchi bo‘lim oxirida Skilachi, o‘yin tugashi arafasida Fernando Moriyentesning yo‘llagan javob gollari ikkinchi o‘yinda muhim bo‘lib chiqdi.

"Real"dan ijaraga o‘tgan hujumchi oltinchi aprel oqshomining yana bosh qahramoniga aylandi. "Lui II" stadioniga to‘planganlar "Monako"ning yarim finalga chiqishiga ishonqiramay kuzatishgan o‘yinni. Chunki 36-daqiqada Raul hisobni ochganida, monegasklarning ishi yanada qiyinlashib ketdi. Didye Desham shogirdlari o‘z darvozalari dahlsizligini ta’minlagan holda uchta gol urishlari zarur bo‘lib qolgandi.

Tanaffusga chiqish arafasida Lyudovik Jyuli gol yo‘llab, kiyim almashtirish xonasiga klubdoshlarini nedir umid bilan yo‘l olishlarini ta’minladi. Ikkinchi bo‘limda jamoalar holati almashib qolgandek edi. Moriyentes 48-daqiqada tez gol urib, "Real"ni karaxt ahvolga tushirib qo‘ydi. Jyulining 66-daqiqada dubl muallifi bo‘lishi esa "buyuk qatl"ni osonlashdi. Gol o‘sha hafta, o‘sha oy va o‘sha yil gollar o‘nligidan joy olgan. Golning bu qadar chiroyli yo‘llanishi o‘sha kungi o‘yinga mantiqiy yakun edi – 3:1. Mehmonda urilgan gol evaziga "Monako" yarim finalda! Sensasiya, azizlar!

... O‘zi 2004 yili sensasiyalar mavsumi bo‘lgan. Gresiyaning Yevropa chempioni bo‘lgani va chempionlar ligasida ham yarim finalga kutilmagan klublarning yo‘l olgani yodingizda bordir? Oltinchi aprel London derbisidagi sensasion natija bilan ham esda qolganki, buni hozir eslamasdan o‘tsak insofdan bo‘lmas. Hali jamoaga Mourinyo kelmagan, Abramovich moliyaviy inqiloblarini amalga oshirmagan asr avvalida "Chelsi" klubi Arsen Venger boshchiligidagi "Arsenal"ga raqobatchi emasdi. Daraja boshqa-boshqa edi. Deylik, o‘sha mavsumning "Real" "Monako"si, "Deportivo" "Milan"i o‘rtasidagi farq mavjud edi. Qiziq tomoni, "Monako" "Real"ni yengayotgan payti, "Xayberi"da "Chelsi" "Arsenal" ustidan g‘olib bo‘lardi.

"Stemford Brij"da 1:1 o‘ynagan klubning mehmondan g‘alaba bilan qaytishi ishonib bo‘lmas natija edi. O‘sha ishonib bo‘lmas natija qayd etilgan.

Qizig‘i, bu kecha ham mag‘lub klub hisobni ochgan, muxlislarini ancha xotirjamlikka chaqirgandi. Reyes gol muallifi bo‘lgan. Ammo tanaffusdan so‘ng Klaudio Ranyeri yigitlari butkul boshqa daraja namoyish etishgan. Lempard o‘rtasidagi muvozanatni tiklagan, Ueyn Brij uchrashuv tugashi arafasida g‘alaba to‘pini kiritgandi.

Aynan shu o‘yindan so‘ng Chelsining oltin davri boshlangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. To‘g‘ri, klub keyingi bosqichda "Monako"dan yengilgan, biroq Mourinyoning tashrifi bilan boshqa o‘lchovlar bo‘yicha o‘ynashi aniq bo‘lib ulgurgandi.

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov

06.04.2004.
"Монако" - "Реал" - 3:1. Ўша сенсацион ўйиндаги голлар...

Kiritildi: 07:11, 06.04.2020.
O'qildi: 4737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.