Angliya premyer-ligasi klublari kelajakda futbolchilar bilan tuziladigan shartnomalarga bazi bandlarni kiritishmoqchi.
"The Telegraph" tarqatgan xabarga ko‘ra, klublar kutilmagan sabablar tufayli mavsum uzoq vaqtga to‘xtab qolsa (masalan, hozirgidek — koronavirus pandemiyasi tufayli), futbolchining maoshini avtomatik ravishda kamaytirishni ko‘zda tutadigan bandni kiritishmoqchi.
Hozirgi shartnomalarda esa bunday holat inobatga olinmagan bo‘lib, shuning uchun klublar muammolarga duch kelishmoqda.
APL esa jamoalarga faqatgina muzokara yo‘li bilan o‘yinchilar maoshini qisqartirishni maslahat berdi.