Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem

Jismoniy faollik koronavirusni yengishda samarali vosita

Jismoniy faollik koronavirusni yengishda samarali vosita

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1948 yil 7 aprelda tashkil etilgan edi. Tashkilot yilning bu sanasini Jahon salomatlik kuni deb e’lon qilgan.

Bu yil Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti karatinda bo‘lgan, kasallik alomatlari kuzatilmagan kishilar uchun koronavirus pandemiyasi paytida jismoniy faollikni saqlab turish yuzasidan o‘z tavsiyalarini e’lon qildi.

Ushbu tavsiyalarda quyidagilar qayd etilgan:

Haftasiga kamida 2,5 soat mo‘’tadil jismoniy mashqlarni bajarish. Ya’ni har kuni 20 daqiqadan, yoki haftasiga to‘rt marta 35 daqiqadan jismoniy mashqlarni bajarish. Shiddat bilan mashq qilishni xush ko‘radiganlar uchun haftasiga 75 daqiqa jismoniy faollik yetarli bo‘ladi.

Ko‘proq yurish. Turgan joyda, xona uzunligida, hovlisida (o‘z hovlisi bo‘lganlar uchun), qavatlar o‘rtasidagi zinapoyalarda yurish va hokazo. O‘rni kelganda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar har kuni o‘rta sur’atda yurish yurak-tomir kasalliklaridan vafot etishni o‘rtacha 20 foizga kamaytirishini ko‘rsatgan.

Iloji boricha ko‘proq tikka turish. Hatto ishni ham turgan holda bajarishga harakat qilish yoki “o‘tirib-turib” holatida ishlash.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti jismoniy mashqlarini bajarishda Internetning onlayn-maydonchalaridan foydalanishni tavsiya etadi. Jismoniy mashqlarini uy sharoitida bajarish mumkin bo‘lgan juda ko‘p turlari mavjud. Ulardan quyidagilar keltiriladi:

– doiraviy mashq. U 30 daqiqa davomida bajariladi va mushaklarning barcha guruhlariga mo‘ljallangan. Bu mashqlarning bir davrasi navbat bilan, qisqa muddat nafas rostlagan holda 6-8 ta mashqdan iborat;

– yuqori jadallikdagi mashqlar. Ularning asosiy xususiyati – yuqori faollik vaqti 1:2 nisbatda 5 daqiqadan 30 daqiqagacha davom etadi;

– Tabata tizimi (1996 yilda yaponiyalik fiziolog, fan doktori Izumi Tabata tomonidan ishlab chiqilgan). Ushbu tizim har biri 20 soniya faollik va 10 soniya nafas rostlash orqali 4 daqiqaga mo‘ljallangan mashqlar davrasidir.

Jahon sog‘liqni tashkiloti ana shunday jismoniy faollik koronavirus pandemiyasi bilan kurashda samarali vosita bo‘lishini ta’kidlagan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:06, 09.04.2020.
O'qildi: 3007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.