Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Yevropaning eng ko‘p sovringa ega jamoalari (top-10)

Yevropaning eng ko‘p sovringa ega jamoalari (top-10)

Baho:
+ | -

Yevropada eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan jamoalari bilan tanishtirib o‘tamiz.

10-o‘rin. "YUVENTUS" — 67ta sovrin
Kuchli o‘nlikni «Yuventus» ochib beradi. Ushbu jamoa o‘z tarixi davomida 67ta sovringa ega chiqqan. "Keksa sinyora" sovrinlari orasida eng ko‘pi Italiya chempionligi hisoblanadi. Ushbu sovrinlar evaziga turinliklar «Manchester Yunayted»ni top-10dan tushirib yuborishdi.

35 — Italiya chempionati
13 — Italiya kubogi
8 — Italiya superkubogi
3 — UEFA kubogi
2 — UEFA chempionlar kubogi
2 — Qit’alararo kubok
1 — Intertoto kubogi
1 — Kubok egalari kubogi

9-o‘rin. "BAVARIYA" — 72ta sovrin
Top-10da Angliyaning birorta ham jamoasi yo‘q, ammo "Bavariya" bor.

29 — Germaniya chempionati
19 — Germaniya kubogi
7 — Germaniya superkubogi
6 — Germaniya liga kubogi
5 — UEFA chempionlar kubogi
3 — Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
1 — UEFA kubogi
1 — Kubok egalari kubogi
1 — UEFA superkubogi

8-o‘rin. "AYAKS" — 73ta sovrin
8-pog‘onani Niderlandiya mashinasi — «Ayaks» band etdi. Amsterdamliklar "Bavariya"ni 1ta sovringa ortda qoldirishgan.

34 — Niderlandiya chempionati
19 — Niderlandiya kubogi
9 — Niderlandiya superkubogi
4 — UEFA chempionlar kubogi
3 — UEFA superkubogi
2 — Qit’alararo kubok
1 — UEFA kubogi
1 — Kubok egalari kubogi

7-o‘rin. «OLIMPIAKOS» — 75ta sovrin
Gresiyaning «Olimpiakos»i hisobida 75ta sovrin bor. Ammo jamoa barcha sovrinlarni ichki musobaqalarda qo‘lga kiritgan.

44 — Gresiya chempionati
27 — Gresiya kubogi
4 — Gresiya superkubogi

6-o‘rin. "PORTU" — 76ta sovrin
Portugaliyada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan — «Portu» reytingimizda 76ta sovrin bilan 6-o‘rinni band etdi.

28 — Portugaliya chempionati
21 — Portugaliya superkubogi
20 — Portugaliya kubogi
2 — UEFA chempionlar kubogi
2 — UEFA kubogi
2 — Qit’alararo kubok
1 — UEFA superkubogi

5-o‘rin. "BENFIKA" — 83ta sovrin
«Benfika» o‘z sovrinlarini 5ta musobaqaga ega chiqqan. Ularning aksariyati ichki musobaqalariga to‘g‘ri keladi.

37 — Portugaliya chempionati
29 — Portugaliya kubogi
8 — Portugaliya superkubogi
7 — Portugaliya liga kubogi
2 — UEFA chempionlar kubogi

4-o‘rin. "REAL MADRID" — 90ta sovrin.
Ispaniya grandi «Real» 90ta sovrin bilan 4-pog‘onani band etgan. Madridliklar Yevropa chempionlar ligasining rekordchisi hisoblanishadi. Bu holat "Qirollik klubi"ga reytingimizda kuchli uchlikka kirish uchun kamlik qildi.

33 — Ispaniya chempionati
19 — Ispaniya kubogi
13 — UEFA chempionlar kubogi/ligasi
9 — Ispaniya superkubogi
4 — klublar o‘rtasidagi JCH
3 — Qit’alararo kubok
4 — UEFA superkubogi
2 — UEFA kubogi
1 — Liga kubogi

3-o‘rin. "BARSELONA" — 91ta sovrin.
«Barselona» azaliy raqibidan 1ta sovrin ko‘proq qo‘lga kiritgan. Kataloniyaliklar sovrinlari orasida Ispaniya kubogi ko‘proq "tosh" bosgan.

30 — Ispaniya kubogi
26 — Ispaniya chempionati
13 — Ispaniya superkubogi
5 — UEFA chempionlar kubogi/ligasi
5 — UEFA superkubogi
4 — klublar o‘rtasidagi JCH
3 — Qit’alararo kubok
2 — UEFA kubogi
1 — Liga kubogi

2-o‘rin. "SELTIK" — 109ta sovrin.
E’tiborli va biroz g‘alati tomoni Yevropaning eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan klublar — bu Shotlandiyaning ikki jamoasi. «Seltik» 109ta titul bilan 2-o‘rinni band etdi.

50 — Shotlandiya chempionati
39 — Shotlandiya kubogi
19 — Shotlandiya liga kubogi
1 — UEFA chempionlar kubogi

1-o‘rin. "REYNJERS" — 115ta sovrin.
Shotlandiyaning «Reynjers» jamoasi esa 115ta sovrin bilan reytingda 1-o‘rinni egallab turibdi. Bu jamoa ham "Seltik" kabi deyarli barcha titullarni ichki musobaqalarda qo‘lga kiritgan.

54 — Shotlandiya chempionati
33 — Shotlandiya kubogi
27 — Shotlandiya liga kubogi
1 — Kubok egalari kubogi

Kiritildi: 07:31, 23.04.2020.
O'qildi: 10387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.