Fransiya sport vaziri Roksana Marachinyanu mamlakatda sport musobaqalarini o‘tkazilishiga qachon ruxsat berilishi mumkinligi haqida gapirdi.
«Albatta, iyun oyi o‘rtasida boshlash — eng optimal variant bo‘lardi, ammo inobatga olish kerak bo‘lgan boshqa jihatlar ham bor. Shuningdek, sentyabr oyigacha turnirlar o‘tkazilmasligi mumkin», — dedi Marachinyanu "L’Equipe" gazetasiga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, vazir Fransiya chempionatining 2019/2020 yilgi mavsumi muddatidan oldin yakunlanish ehtimoli ham borligini ham ma’lum qildi.
Avvalroq Fransiya professional futbol ligasi chempionatni 17 iyun kuni qayta boshlashni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.