“Inter” yarim himoyachi Marselo Brozovich bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, “neradzurrilar” futbolchi bilan keyingi haftada yangi 3 yillik shartnoma imzolaydi. Yangi shartnomaga ko‘ra, Marseloning maoshi 4,5 million yevroga oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi “Liverpul”ga o‘tishi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.