Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 1-1 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-1 Atletiko
27/11 01:00 Bayer - Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya - PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz - Atalanta
27/11 01:00 Barselona - Brest
27/11 01:00 Inter - RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti - Feyenoord
27/11 01:00 Sporting - Arsenal

Ginnes rekordlar kitobidan o‘rin olgan sizni hayratlantiruvchi 10 ta sport yutug‘i

Ginnes rekordlar kitobidan o‘rin olgan sizni hayratlantiruvchi 10 ta sport yutug‘i

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

«Ginnesning rekordlar kitobi» – bu sport, shou-biznes, OAV va madaniyatdagi ulkan yutuqlarni o‘z ichiga olgan yillik ma’lumotnoma.

Bugun sizni hayratda qoldiradigan sport olamiga oid 10 ta rekordni aytib beramiz.

1. Odam-pulemyot.

Personal murabbiy Farid Berlin bu laqabni mushtining yashin tezligidagi harakati uchun olgan. Mushtlarining soni bir daqiqada 700 ga yetadi. Bu muvaffaqiyat Ginnes Rekordlari kitobiga kira olmadi!

2. 2013 yilda muzli suvda suzish masofasi bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Rekord egalari – rossiyaliklar Natalya Usacheva va Nikolay Petshak. Chukotkadan Alyaskagacha 134 kilometr masofani suzib o‘tish uchun 5 kun kerak bo‘ldi.

Aytgancha, rekordlar kitobiga kirish shunchaki yagona yoqimli bonus emas edi – Natalya va Nikolay Sochi-2014 Olimpiadasi mash’alasini ham o‘zlari bilan olib ketishgan.

3. Sizga Marko Baloga o‘xshab velosiped haydash yoqadimi? Sportchi bir kishining bir sutkada velosipedda bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan masofani qayd etdi. 2008 yil 6-7 sentyabr kunlari Marko to‘xtamasdan 890,2 km masofani bosib o‘tdi!

4. Kori Lou professional basketbolchi emas. Biroq, bu uning ikkita rekod bilan Ginnes kitobiga kiritishiga to‘sqinlik qilmadi. Kori 2013 yilda birinchi rekordni o‘rnatdi va to‘pni tribunadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savatga tashladi. Oraliq masofa 33.5 metr edi. Ikkinchisini 2014 yilda muhrlab qo‘ydi, Kori to‘pni teskari turib savatga otganida, oraliq 25 metrga teng edi. Bu yaqqol aniqlik!

5. Xitoylik Chi Guydjon qo‘lni bukib-yozish (otjimaniYE) bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Chi 30 soniyada 41 marta bu amalni bajardi. Shubhali, shunday emasmi?! Ammo Chi faqat bitta ko‘rsatkich barmog‘i bilan bu ishning uddasidan chiqqanini bilganingizda, fikringizni o‘zgartirgan bo‘lardingiz! Titan mushaklar! Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas.

6. «Barmoq» mashg‘ulotlarining yana bir ixlosmandi – Ginnes kitobiga kirgan hindistonlik atlet Maybam Itomba. U jimjilog‘i yordamida 30 soniyada 16 marotaba turnikka tortildi.

7. Suvosti dayveri – sobiq harbiy, iste’foga chiqqandan so‘ng dayving bilan jiddiy shug‘ullangan Ahmad G‘amal G‘abrni shifokor, yo‘riqchi va texnik xodimlardan iborat 30 kishilik guruh suvning eng tubiga tushishini nazorat qilishdi. Ahmad 332,5 metr chuqurga tusha oldi. Bu haqiqatan ham ajoyib natijadir. Ko‘rsatkich shunchaki Ginnes rekordlar kitobiga kirib qolmagan. Shunisi e’tiborga loyiqki, sho‘ng‘ish vaqti 12 daqiqa. Bunday chuqurlikda eng kuchli bosimni hisobga olgan holda yuqoriga ko‘tarilish 15 soatni tashkil etgan.

8. Yaponiyalik Keniti Oto tomonidan kulgili rekord o‘rnatildi. U 100 metrga yugurishni 17,47 soniyada bosib o‘tdi. U itga o‘xshab sakrab yugurgan.

9. Kitobga kiritilgan yana bir yuguruvchi bu Daniya sportchisi Yan Shreder. 3,5 soat davomida Yan 42 km masofani yugurib o‘tib, to‘pni ham olib borishni uddaladi. Dribling marafoni rekordlar ma’lumotnomasida o‘z o‘rnini egalladi.

10. Eng keksa sprinter haqli ravishda Xidekiti Miyadzaki, u 2015 yilda o‘zining 105 yoshini nishonlagan holda 100 metrga 42.22 soniyada yugurgan. Bu hayratlantirmay qolmaydi! Afsuski, Xidekiti 2019 yil yanvarida vafot etdi, ammo uning rekordi shu paytgacha eng yuqori darajada turibdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:14, 01.05.2020.
O'qildi: 5577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.