Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Davron Fayziyev qanday qilib UFC translyasiyasiga erishilgani haqida

Davron Fayziyev qanday qilib UFC translyasiyasiga erishilgani haqida

Baho:
+1 | -

UZREPORT TV kanali UFC 249 musobaqasi translyasiya huquqini xarid qilganidan xabardor bo‘ldingiz. Qo‘shimcha qilmasam bo‘lmaydi. Chunki bu menga ham bevosita aloqador yangilik.

Bilasiz, ancha yillardan beri o‘z ijtimoiy tarmoqlarimda imkon qadar UFC olamiga tomoshabinlarni yaqinlashtirishga xarakat qilib kelaman. Lekin, bu hammasi shaxsiy tashabbus edi. Dunyoda reytingi tobora oshib borayotgan bu promoushnning bizdagi auditoriyasi o‘sishi baribir televizion rasmiy translyasiya bilan bog‘liq ekanligini tushunardim.

UZREPORT TV kanalidagi faoliyatim davomida bir necha bor rahbariyatga bu yurishni amalga oshirish borasida takliflar bildirganman. Kanal rahbari muxlislarga qiziq bo‘lgan har qanday taklifni ko‘rib chiqib, o‘z imkoniyatlarini ishga solib kelgan. UFC bo‘yicha tashabbus ham e’tibordan chetda qolmadi. Bu uchun minnatdorman. Uzoq yillik urinishlardan so‘ng mana hozir nasib qilgan ekan, biz O‘zbekistonda rasman birinchi bor UFC janglar kechasining lisenzion translyasiyasini amalga oshiramiz. UzReportTV sport translyasiyalari rivoji yo‘lida yana bir katta qadam tashladi. Albatta hamkorlar yordamida.

Xudo xohlasa birga tomosha qilamiz! 10 may yakshanba tong saharlab soat 5:00 da janglar translyasiyasi boshlanadi. Taxminan 4 soat davom etadi. Agar Dena Uayt tuzgan karddan janglar tushib qolmasa, 10dan ortiq super to‘qnashuvlar guvohi bo‘lasiz.

Efirda ko‘rishguncha!

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 14:58, 05.05.2020.
O'qildi: 7153 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.