Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Zamonamizning yetti «sport mo‘’jizasi» (fotojamlanma)

Zamonamizning yetti «sport mo‘’jizasi» (fotojamlanma)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

«Dunyo mo‘’jizalari» – bular insoniyatning olis tarixi davomida o‘z miqyosi, g‘ayrioddiy dizayni, ilg‘or muhandislik yechimlari, shuningdek, noodatiy joylashuvi bilan hayratga soladigan inshootlardir. Ular orasida Iskandariya mayog‘i, Bobil osma bog‘lari, Rodos haykali, Artemida ibodatxonasi, Zevs haykali, Galikarnas dahmasi, shuningdek, ushbu ro‘yxatdagi bugungi kungacha saqlanib qolgan yagona mo‘’jiza – Misr ehromlari singari mashhur me’morchilik san’at asarlari mavjud.

Albatta, insoniyat tarixi «butun sayyoraning oldi» bo‘lgan boshqa ko‘plab inshootlarni biladi va turli taxminlarga ko‘ra 9 va 12 «dunyo mo‘’jizasi» mavjud, ammo tarixchilar qabul qilgan umumiy versiyada inson zakosi yuqorida keltirilgan 7 yodgorlik orqali e’tirof etilgan.

Xuddi shu mantiqdan kelib chiqqan holda, 2008 yilda sport jurnalistlari va oddiy sport ixlosmandlari o‘rtasida dunyo bo‘ylab so‘rov o‘tkazildi, maqsad dunyoning 7 ta «sport mo‘’jizasi»ni aniqlash edi – ularning bari ayni paytda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi kerak. Reytingga asosan futbol inshootlari kiritilgan, ammo futbol atrofida birlashmagan boshqa sport turlari vakillari ham ehtiromga sazovor bo‘lishdi.

Shunday qilib, e’tiboringizga «dunyoning 7 sport mo‘’jizasi»ni taqdim etamiz!

1) Monte-Karlodagi «Formula-1» trassasi

1950 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan «Monako Gran-prisi» Monte-Karloda aynan shu yo‘lda bo‘lib o‘tadi va bu trassa o‘z navbatida 1929 yildan beri poyga yo‘li sifatida ishlatiladi. Bu dunyodagi eng murakkab yo‘llardan bo‘lib, uzunligi 3,4 kilometrni tashkil etadigan o‘nlab muyulishlardan iborat.

2) «Kamp Nou» stadioni, Barselona


Yevropaning eng keng stadioni sanalgan «Barselona» futbol klubining uy o‘yingohi 98,772 muxlis sig‘imiga ega.

3) «Qush uyasi» stadioni, Pekin


2008 yilda Pekinda o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlari munosabati bilan Xitoyda qurilgan eng chiroyli inshoot. «Qush uyasi»ning butun majmuasi taxminan 20,4 ga maydonni egallaydi.

4) «Santyago Bernabeu» futbol stadioni, Madrid


«Real Madrid» futbol klubining uy stadioni, sig‘imi 80 354 kishigacha.

5) «Juzeppe Meassa» stadioni, Milan


Italiyaning ikkita klubi – AC Milan va Inter Milanning uy stadioni. 83000 tomoshabin sig‘adi.

6) «Marakana» stadioni, Rio-de-Janeyro


Dunyodagi ikkinchi eng katta stadion – bir vaqtning o‘zida 97000 futbol ishqibozini sig‘dira oladi. Bu inshoot Braziliyaning ikki – «Flamengo» va «Fluminense» klublariga xizmat qiladi.

7) Melbourne Cricket Ground arenasi, Melburn


Bu Avstraliyadagi eng katta va 100000 kishiga mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik va eng ulkan stadion. Bundan tashqari, u eng baland yoritish ustunlari bilan mashhur.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:12, 26.05.2020.
O'qildi: 9124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.