Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Menni Pakyao Filippin prezidentligiga nomzodini qo‘yadimi? Uning o‘zi javob berdi

Menni Pakyao Filippin prezidentligiga nomzodini qo‘yadimi? Uning o‘zi javob berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha (WBA) yarim o‘rta vazn toifasida Jahon chempioni Menni Pakyao Filippin prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi ekani haqidagi gaplarini rad etdi.

Avvalroq Top Rank promouterlik kompaniyasi bosh direktori Bob Arum Menni Pakyaoning 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan Filippin prezidentligi saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanini ta’kidlagandi.

«Bilishimcha, biz hech qachon siyosat to‘g‘risida gaplashmaganmiz. Zoom orqali oxirgi marta suhbatlashganimizda Bob bilan navbatdagi jangning ehtimoliy jadvalini muhokama qildik, lekin siyosat haqida hech qanday gap bo‘lmadi. Bizning munozaralarimiz faqat boksga bag‘ishlangandi.

Hozir siyosatni o‘ylaydigan vaqt emas. Shundoq ham Filippinda bir qator muammolar bor, vatandoshlarimiz hayotini yengillashtirish uchun birdamlik va hamkorlikda ishlashimiz zarur.

Biz birlashishimiz kerak. Keling, insonlarga yordam berish uchun birlashamiz. Ko‘pchilik ishsiz qoldi, ayniqsa chet eldagilar. Siyosat — hozir biz uchun muhim emas», — deydi Pakyao.

Pakyao faoliyati davomida 71 ta jang o‘tkazib, shulardan 62 (39 ta nokaut) tasida g‘alaba qozongan, 7 tasida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, 2 marotaba murosa yo‘lini tanlagan. U oxirgi jangini 2019 yilning yozida amerikalik Kit Turmanga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:15, 10.06.2020.
O'qildi: 2534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.