Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Olimpiya o‘yinlari afsonalari: «Yubka kiygan Bubka»

Olimpiya o‘yinlari afsonalari: «Yubka kiygan Bubka»

Baho:
+ | -

Olimpiya o‘yinlari afsonalari rukni ostida bugun yengil atletikaning langarcho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha 2 karra Olimpiada chempioni, 3 karra jahon chempioni, 28 karra jahon rekordchisi Yelena Isinbeva haqida hikoya qilamiz.

Yelena Gadjiyevna Isinbayeva 1982 yil 3 iyun kuni Rossiya Federasiyasining Volgograd shahrida tavallud topgan. 38 yoshni qarshi olgan Isinbayeva o‘zining xushmuomalaligi va albatta, sportdagi ajoyib mahorati bilan muxlislar qalbiga kirib bordi. Qahramonimiz Afina-2004, Pekin-2008 Olimpiya o‘yinlarida oltin, London-2012 Olimpiya o‘yinlarida esa bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Isinbayeva langarcho‘pga tayanib sakrash bo‘yicha 5 metr balandlikni zabt eta olgan dastlabki ayol sportchi sifatida tarixda qoldi. Aytib o‘tganimizdek, 28 marotaba jahon rekordlarini yangilagani uning shuhratiga o‘zi kabi chiroy berib turibdi. Mana shunday ajoyib natijalari sabab ko‘pchilik uni «Yubka kiygan Bubka» nomi bilan ham atagan.

Yelena Isinbayeva amaldagi jahon rekordini 2009 yil 29 avgust kuni Shveysariyaning Syurix shahrida o‘tkazilgan Brilliant liga bosqichida o‘rnatgan bo‘lib, Isinbayeva o‘shanda 5.06 metr balandlikdan oshib o‘tgan edi.


Yana bir ahamiyatli tomoni Yelena o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lgan atigi 9 nafar yengil atletikachining biridir. O‘zining ajoyib natijalari sabab 2004, 2005 va 2008 yillarda Xalqaro yengil atletika federasiyasi talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi ayol sportchisi nomiga sazovor bo‘lgan. 2003 yil 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionatidan 2008 yil Pekin Olimpiadasigacha bo‘lgan davrda o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalarda faqat birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2013 yil o‘z yurtida o‘tgan jahon chempionatidagi g‘alabasi bilan shonli sport faoliyatiga chiroyli nuqta qo‘ydi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Yelena Isinbayeva 2019 yil 8 mart arafasida yurtimizda tashkil qilingan «Nafosat-2019» ayollar spartakiadasining faxriy mehmoni sifatida Toshkentga tashrif buyurgan. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida sportchi bilan tashkil qilingan matbuot anjumani sport jurnalistlari uchun chinakam bayramga aylanib ketgan edi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:07, 14.06.2020.
O'qildi: 2637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.