"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira olgan jarohati tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqdi.
Uning boldir va tovon qismini bog‘lab turuvchi payi jarohat olgan. "Gazzetta dello Sport" tarqatgan xabarga ko‘ra, uning tiklanishi uchun 2 oy vaqt kerak bo‘ladi. Bu vaqtga kelib A seriyaning joriy mavsumi, hattoki Yevropa chempionlar ligasi ham yakuniga yetadi.
Mavsum so‘ngida esa germaniyalik futbolchi "Yuventus"ni tark etadi. U faoliyatini MLSda davom ettirishi kutilmoqda.