Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bobur Akmalov: "Masalan, Arveladze savolni oxirigacha eshitmaydi, biroz osmondan keladi"

Bobur Akmalov: "Masalan, Arveladze savolni oxirigacha eshitmaydi, biroz osmondan keladi"

Baho:
+ | -

Taniqli sharhlovchi, jurnalist Bobur Akmalov intervyu olish haqida fikr bildirdi:

"Intervyu olishning qoidalari bor. Buni jurnalistlar yaxshi biladi. Lekin hamma ham, doim ham amal qilmaydi o‘sha qoidalarga. Sariq matbuot-ku, umuman!

Men jurnalistikada o‘qimaganman. Ha-ha, adashmadingiz, O‘-QI-MA-GAN-MAN! Ammo bu shu sohada ishlashimga to‘sqinlik qilmaydi. O‘zim ham aytaman va tan olaman: jurnalistdan ko‘ra ko‘proq publisistman. O‘rni kelganda muxbir, intervyuyer, jurnalist, publisist, boshlovchi, sharhlovchiman!

Fikrlarni eshitib qolaman: yaxshilab so‘ramaysanmi, aniq savol qo‘ymaysanmi, javob bermaguncha so‘rash kerak, yuzaki gaplashibsan...

Intervyu o‘z nomi bilan intervyu - uning yaxshi chiqishining teng yarmi suhbatdoshga bog‘liq. Yana bir oltin qoidani bilaman (bunisi vijdon va xotirjam uxlash uchun): vazifam savol berish, so‘rash! Suhbatdosh savollarimga qanday javob berishi esa menga bog‘liq emas. Boz ustiga qarshimda yoshi ulug‘, tajribali, hurmatga sazovor odam o‘tirsa, meni hurmat qilib gapirsa, uning yuziga "sakrab" bo‘lmaydi. Betgachopar odam bo‘lsa boshqa gap, javoban uning betiga ham "chopiladi".

Masalan, Arveladze savolni oxirigacha eshitmay, gapni bo‘laveradi, biroz osmondan keladi. Men ham shartta "bolta bilan chopaman" uning gapini. O‘sha "tilda" gaplashaman u bilan.

Abramov yumshoq, muloyim, aqlli odam. Savolingizni oxirigacha eshitadi, fikringizni hurmat qiladi, garchi u noto‘g‘ri bo‘lsa ham. U bilan suhbat boshqacha chiqadi.

Xullas, shunaqa. Natija va ixtiyor intervyuni oluvchining o‘zida bo‘lganida edi...

O‘rmon yonyapti. Hamma qochyapti. Bir mitti qush tumshug‘ida suv tashib, o‘rmonga sepyapti.
- Esing joyidami? Bir o‘zing nima qilolasan?
- Menga kurashish buyurilgan. Natijasi uchun esa Alloh bor".

Manba: t.me/boburachannel
Kiritildi: 20:54, 21.06.2020.
O'qildi: 6214 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.