Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

2000-2010-yillar oralig‘idagi eng qimmat transferlar

2000-2010-yillar oralig‘idagi eng qimmat transferlar

Baho:
+ | -

Stadion.uz yangi asr boshidagi “bomba” transferlarni yodga oladi.

Bugungi kunda futbolchilarning transfer narxlari keskin ko‘tarilib ketgani hech kimga sir emas. E’tiborlisi shundaki, Bundan 20-10 yil avval ham sifatli ijrochilar arzon bo‘lmagan. Yangi asr boshidagi mega yulduzlarning transferlari haqida so‘z borar ekan, yaqin o‘tmishni yodga olishga to‘g‘ri keladi. Bugun 2000-2010-yillar oralig‘idagi eng qimmat transferga aylangan futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz.

2000/01- Luish Figu (“Barselona”dan “Real”ga) 60 million yevro

21 asrning ilk “bomba” transferi sifatida butun futbol olamini hayratda qoldirgan Figu “Barselona”ni “Real”ga almashtirishi alohida bir mavzu. Shunday bo‘lsada, Figu “Real Madrid”ning “galaktikos”ga aylanishi yo‘lida tashlangan birinchi qadamga aylangani bor gap.

Figu qanchalar urunmasin, Kataloniyada namoyish etgan fantastik o‘yinlarini qaytara olmadi. U Madrid klubi bilan tuzilgan 5 yillik shartnomani o‘tadi va erkin agent sifatida “Inter” safiga borib qo‘shildi.

2001/02 – Zayniddin Zidan (“Yuventus”dan “Real”ga) 75 million yevro

 

Oradan bir yil o‘tib, Peres yana bir katta transferga qo‘l urishga qaror qiladi. Bu safar “qaymoqranglilar” Zidan uchun Turin klubiga 75 million yevro to‘lashadi va fransuzni Madridga ko‘chib kelishini ta’minlashadi.

Tan olish lozim, Figudan farqli o‘laroq, Zidanning transferi o‘zini mutloq oqladi. Zidan “Galaktikos” futbolchilari orasida ham ajralib turar, uning maydondagi har bir harakatini muxlislar olqishlar bilan qarshi olishar edi. Keyinchalik, Peres Zidan transferida adashmaganini va agar “zebralar” Zizu uchun 100 million talab qilganda ham transferdan voch kechmasligini rasman e’lon qiladi.

2002/03 – Rio Ferdinand (“Lids”dan “Manchester Yunayted”ga) 46 million yevro

O‘sha davrda “qizil iblislar” Angliya futboli tarixidagi eng katta transferga qo‘l urishadi. Boz ustiga himoyachi uchun bunday katta summani hali hech qaysi klub sarflamagan bir paytda!

Shunga qaramay, Rio Ferdinand o‘ziga bildirilgan ishonchni ortig‘ibilan oqladi desak, adashmagan bo‘lamiz. 12 mavsum davomida yuqori darajada to‘p tepgan himoyachi “Manchester Yunayted” bilan 14 ta sovrinni boshi uzra ko‘tardi va Angliya terma jamoasini bir necha bor maydonga sardor sifatida olib tushdi.

2003/04 – Devid Bekhyem (“Manchester Yunayted”dan “Real”ga) 37,5 million yevr

Bekhem Florentina Peres qurishni istagan “galaktikos”ning so‘nggi ijrochisi edi va Florentina boshlagan ishini yakunlab qo‘yish uchun Beksni tarkibga qo‘shib oldi.

Ingliz futbolchisi 4 yil davomida “qirollik klubi” sharafini munosib himoya qildi va MLS klubi bilan shartnoma imzoladi. 5 yil AQSHda istiqomat qilgan Beks PSJ klubida butsalarini mixga ilib yubordi.

2004/05 – Didye Drogba (“Marsel”dan “Chelsi”ga) 38,5 million yevro

 

Drogba “Marsel”dagi o‘zining ilk mavsumida 32 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qiladi va endigina Abramovich qo‘l ostiga o‘tgan “Chelsi”ning e’tiborini tortadi.

Iuvarlik futbolchi Londonga ko‘chib o‘tgach, 10 mavsum davomida klub sharafini munosib himoya qiladi va 14 ta sovrinni boshi uzra ko‘taradi. Qahramonimiz bugungi kunda Kanada davlatida istiqomat qilmoqda va o‘z shaxsiy klubining ishlari bilan band.

2005/06 – Maykl Essyen (“Lion”dan “Chelsi”ga) 38 millio yevro

Kelasi yili Fransiyadan “Chelsi” yana bir o‘sha mavsumdagi eng qimmat futbolchini harid qiladi.

Bu transferni ham shaxsan Joze Mourinyo Abramovichdan talab qiladi. Portugaliyalik murabbiyi Essyenni qarshi hujum taktikasidagi eng muhim omil bo‘lishini taxmin qiladi va adashmaydi.

Maykl 9 mavsum davomida “Aristokratlar”ning asosiy tarkib futbolchisi sifatida harakat qiladi, biroq keyin uning o‘yinida keskin pasayish kuzatiladi. Bugungi kunda, qahramonimiz Azerbayjon chempionatida “javlon urmoqda”.

2006/07 – Andrey Shevcheno (“Milan”dan “Chelsi”ga) 43, 88 million yevro

 

Oldingi mavsumlardan farqli o‘laroq, Shevchonko transferini shaxsan Raman Abramovich tashkillashtiradi. Vaholanki, Joze Shevani o‘z jamoasida ko‘rishni istamgan edi.

Shunga qaramay, bu transfer amalga oshadi va ukrainalik forvord Londonga ko‘chib o‘tadi. “Aristokrtarlar” hujumchi uchun 44 million sarf etgan bo‘lsada, bu pullar o‘zini deyarli oqlagani yo‘q. 3 yil davomida atigi 9 ta gol kiritgan Shevchenko erkin agent sifatida “Dinamo Kiyev”ga yo‘l olishdan boshqa chora topa olmaydi.

2007/08 – Fernando Torres (“Atletiko Madrid”dan “Liverpul”ga) 38 million yevro

 

Torres “Atletiko”dan 38 million evaziga sotib olindi va hujumchi “Enfild”dagi ilk mavsumidayoq 33 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Oradan yana ikki mavsum o‘tib, u APLning birinchi raqamli yulduzi darajasigacha ko‘tarildi va “Chelsi” tomonidan sotib olindi. Afsuski, “Chelsi” ispan uchun omadsiz keldi. Keyin “Atletiko”, “Milan” singari klublarda faoliyatini o‘nglashga urinib ko‘rdi, biroq yana omadsizlik. Taqdirga tan bergan hujumchi Yaponiyada butsalarini mixga ilib yubordi.

2008/09 – Robinyo (“Real Madrid”dan “Manchester Siti”ga) 43 million yevro

 

Braziliyalik futbolchi “Manchester Siti”ning ilk katta transferi sifatida tarixga kirdi. Afsuski, Robino 2 mavsum davomida atigi 16 ta gol kiritdi xolos. Keyin “Milan” safiga ravona bo‘ldi.

Ayni damda, uni Turkiyaning Istanbul sharafini himoya qilmoqda.

2009/10- Krishtianu Ronaldu (“M-YU”dan “Real”ga) 94 millin yevro

Ronaldu o‘z davridagi eng qimmat transfer maqomida Madridga ko‘chib o‘tdi. Portugaliyalik futbolchi katta bosim ostida qolib ketganiga qaramay, barchasini mukammal uddaladi.

Ronaldu “Real” tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi va 4 bor “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. To‘rt bor YECHLda zafar quchdi va Madridni super yulduz maqomida tark etdi.

Bugungi kunda Ronaldu “Yuventus” bilan YECHLda zafar quchish uchun kurash olib bormoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:51, 30.06.2020.
O'qildi: 6094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.