Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Yaxshiboyev o‘ziga qarshi to‘p surgan eng kuchli futbolchi nomini aytdi (katta intervyu)

Yaxshiboyev o‘ziga qarshi to‘p surgan eng kuchli futbolchi nomini aytdi (katta intervyu)

Baho:
+ | -

Belarusning “Pressball” nashri hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboyev bilan o‘ziga xos intervyu uyushtirdi. Ushbu suhbat davomida, Jasur o‘zi yaxshi ko‘rgan voqealar va insonlar haqida so‘z ochdi.

Seni hayratda qoldirgan shahar nomi?

— Qatar poytaxti Dohani e’tirof etaman. Shu o‘rinda Dubay ham undan qolishmaydi. O‘ylashimcha, u Dohadan ham chiroyliroq. Osmono‘par binolar va hashamatli mehmonxonalar qurshovidagi shaharlar. Men “Paxtakor” safida to‘p tepib yurgan chog‘imda bir necha bor bu shaharlarda bo‘lganman. Shuningdek, Olimpiya terma jamoamiz ham bir necha bor arab shaharlarida mehmon bo‘lgan. Zamonaviy shaharlar o‘z yo‘liga,biroq men uchun eng qadrlisi baribir Toshkent bo‘lib qolaveradi.

Sen yoqtirgan film?

— To‘g‘risi, Kino tomosha qilishni u qadar xush ko‘rmayman. Bo‘sh vaqtimni futbol uchrashuvlari bilan o‘tkazaman. Shunga qaramay, ba’zan Marvel qahramonlari ishtirokidagi filmlarni ko‘rib turaman. Aktyorlardan Jonni Depp va Tom Kruzning muxlisiman.

Sevimli taoming? Katta ehtimol bilan palov bo‘lsa kerak?

— To‘ppa-to‘g‘ri! O‘zbekistonda palovni qo‘y go‘shti va o‘zimizning guruchdan tayyorlashadi. Pishgach, ustiga qazi paraklari qo‘yiladi. Taomni asosan pomidor va bodringdan tayyorlanadigan salat bilan tortishadi. Bizda bu taom har haftada kamida bir bor tayyorlanishi odat tusiga kirgan. Bu xuddibelorusda kartoshkani ko‘p iste’mol qilishlariga o‘xshaydi.

Sevimli qo‘shig‘ing:

— Asosan o‘zbek qo‘shiqchilarining ijodiga qiziqaman. Shohruhxon va Munisa Rizayevani tinglashni xush ko‘raman. Ular asosan sevgi haqida kuylashadi. Shuningdek, jamoamizda afrikaliklar fransuzcha rep yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni tinglashadi. Ma’nosini tushunmasamda, qo‘shiq ohangi chakki emas.

Sevimli bayraming?

— Yangi yil yoki tug‘ilgan kunim emas. Birinchi navbatda ramazon xayitini intiqlik bilan kutaman. Keyin qurbon hayiti. Shuningdek navro‘z bayramini ham nishonlayman. Bu bizda bahorning kirib kelishini anglatadi.

Tong yoki tun?

— Ayni damda tunni tanlayman. Men erta uyquga ketish orqali mashg‘ulotlarga erta turishni afzal ko‘raman. Belarussda mashg‘ulotlar ertalab 8:30 da start oladi. Avvaliga bu rejimga ko‘nikish juda mushkul bo‘ldi. Sababi, bizda asosiy mashg‘ulotlar 18:00dan keyin boshlanar edi. Tongda kun juda issiq bo‘lgani bois, O‘zbekistonda ertalab mashq qilishning iloji yo‘q.

Uyda dam olish yoki ko‘chada sayr qilish?

— Bu qiyin savol. Menimcha 50/50 deb javob berishim adolatdan bo‘ladi. Agar mashg‘ulotlardan so‘ng charchoq his etsam, uyda qolishni afzal ko‘raman.

Qaysi faslni xush ko‘rasan?

— Albatta yozni. Sababi, yoz issiq fasl. Cho‘milishing, quyoshda toblanishing mumkin. Ko‘chalarda yengil kiyimda sayr qilishning ham o‘ziga yarasha gashti bor. Bizda yilning bu qismida havo harorati 50 daraja atrofida bo‘lishiga o‘rganib ham qolganmiz.

Sevimli jamoang? Avvalroq bu savolga “Barselona” deb javob bergan eding?!

— Ha,Gvardiola klubni qo‘lga olganidayoq “Barselona”ning muxlisiga aylangan edim. Aynan u Kataloniya klubini yangicha o‘yin uslubini shakllantirgan shaxs sanaladi. Tan olish lozim, Messi ham Gvardiola qo‘l ostida superyulduz darajasiga erishdi.

U sening eng yaxshi ko‘rgan futbolchingmi?

— Nafaqat men, balki juda ko‘plab muxlislar Leo maydonda namoyish etayotgan futboldan zavq olishmoqda. Shuningdek, Mahrez va Sanchoning o‘yinlarini o‘tkazib yubormaslikka harakat qilaman.

Sevimli sportching?

— Bu Muhammad Ali! U inson sifatida menga namuna bo‘lishga qodir sportchi. Muhammad Ali islom dini qabul qilgan va o‘z so‘zlari bilan juda ko‘pchilining islomga kirishi uchun hizmat qilgan.

Terma jamoangni hisobga olmasa, eng sevgan terma jamoang?

— Ispaniya. To‘g‘ri, ular ayni damda o‘z darajasida emas, biroq Xavi va Inyesta davrida ularni hech kim yengga olmagan. Shuningdek, Germaniya namoyish etadigan futbol ham menga manzur keladi. Sababi, ularda tartib va intizom birinchi o‘rinda.

Sen to‘p tepgan eng zo‘r stadion?

— “As-Saad”ning uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadion. Bilasizmi, Qatar juda issiq mamlakat, biroq stadiondagi ob-havo sizni sovuqqotishga majbur qiladi. Quruvchilar stadionni shunday mohirlik bilan qurishganki, sovutgichlarga ko‘zingiz tushmaydi. Agar ustingizda futbolka bo‘lmasa, sovuqdan qaltirab qolishingiz ham hech gap emas. Bunday yoqimli ob-havoda to‘p tepishi juda zavqli.

Sen ishtirok etgan eng qiziqarli uchrashuvlar?

— O‘zbekiston terma jamoasi bilan Urugvay va Marokashga qarshi uchrashuvlarni alohida qayd etaman. Tasavvur qiling, maydonda Kavani, Suares va Godinsizga qarshi harakat qilmoqda. Marokash tarkibida Hakimiy, Ziyosh va Buffal. Senegalga qarshi uchrashuvda zaxirada qolgan bo‘lsamda, maydonda Sadio Maneni ko‘rgan edim.

Sening shioring?

— Hech qachon taslim bo‘lmaslik. Qiyin daqiqalar hammada bo‘ladi. Bu daqiqalarni yengib o‘tgancha, oldinga qadam tashlamoq lozim. Faqat oldinga qadam tashlash orqali kerak bo‘lsa, har kuni nimalarga qodir ekanligingi namoyish etish lozim. Ana shundagina nimagadir erishish mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:37, 07.07.2020.
O'qildi: 7635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.