Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

“Barselona”da omadli to‘p surishni istaysanmi? Unda 7 raqamni olma!

“Barselona”da omadli to‘p surishni istaysanmi? Unda 7 raqamni olma!

Baho:
+ | -

“Sen “Barselona”da uzoq va omadli to‘p surishni istaysanmi? Unda hech qachon 7-raqamni olma!”

 

Bir qarashda kulgili tuyulgan so‘zlarning tagida o‘ziga hos tarix va qiziqarli ma’lumotlar yashirin. Keling, hammasini boshidan boshlaymiz.

1995-yilda “Barselona” jamoasiga kelgan Luish Figu qisqa muddat ichida jamoaning yetakchisiga aylanganidan xabaringiz bor. Figu Kataloniya klubi safida “Kubok egalari kubogi”, “UEFA super kubogi”, “Ispaniya kubogi” va 2 bor “La Liga”da g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ladi va chinakamiga jamoaning sardoriga aylanadi. “Marca” nashrining sobiq jurnalisti Ernesto Kuyevasning aytishicha, Figu Madridga yo‘l olgach, butun kataloniya ko‘chaga chiqqan va uning nomi tushurilgan 7-raqamli futbolkalarni yoqib yuborishgan ekan…

 

Aynan shu voqeadan so‘ng, “Barselona” jamoasida birorta futbolchiga ushbu raqam omad keltirmagan desak ishonasizmi?!

Alfons Perez (2000/02)

 

Figudan so‘ng, bu raqamni qo‘liga kiritgan fubolchining yoshi o‘tib qolgani bois, undan muxlislar mo‘’jiza kutishmagan edi. Aslida ham shunday bo‘ldi. Sobiq “Real Madrid” futbolchisi sanalgan Perez Kataloniya klubida uzoq qolgani yo‘q. U o‘zining faoliyati haqida bergan intervyusida negadir Kataloniyada uzoq qolgisi kelmaganini va o‘z xohishi ila klub bilan tuzilgan shartnomani bekor qilganini aytib o‘tadi. Eng qizig‘i shundaki, “Barselona”dan ketgach, uning ishlari yana yurishib ketadi va hatto terma jamoadan ham taklif oladi.

Saviola (2001/07)

 

Yoshlar o‘rtasidagi JCHdan so‘ng, butun dunyo “quyoncha” laqabli hujumchi bilan qizib qolganidan xabaringiz bor. Uning o‘yinlaridan zavqlangan Kataloniya rahbarlari futbolchi bilan shartnoma tuzishadi va unga 7-raqamni topshirishadi. Saviola qanchalar iqtidorli bo‘lmasin, “Barsa” o‘yin falsafasiga sira moslasha olmaydi. Hujumchi o‘zining eng gullagan davrlarini turli klublarda ijara asosida o‘tkazishga majbur bo‘lgani yetmaganidek, o‘yinlarida ham keskin pasayish kuzatiladi. “Barselona” Saviolani sotib yuborishga qancha harakat qilsada, birorta klub uni o‘z safida ko‘rishni istamaydi va futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etishga majbur bo‘ladi.

Henrik Larsson (2004/06)

 

Shvetsiyalik futbolchi bir qarashda Katoloniyada “o‘ynab ketgan”dek tuyulsada, o‘zining eng kuchli davrlarini zahirada o‘tkazib yuborgani bilangina yodimizda qolgan. Larsson deyarli 90 foiz uchrashuvlarda zahiradan maydonga tushar, uning jamoa g‘alabasiga qo‘shgan hissasi haqida aytarli hech qanday fakt yo‘q. To‘g‘ri, u YECHLda g‘olib chiqdi, biroq uning keyingi faoliyati juda omadsiz kechadi. Birin-ketin klublarini almashtirgan futbolchining qachon butsalarini mixga ilganini muxlislar payqamay ham qoldi.

Eydur GudonsYEn (2006/09)

 

Islandiyalik futbolchi qanchalar “Barselona”da to‘p surishni istasada, jamoaning o‘yin falsafasiga sira mos tushmadi. Bechora Eydur tinimsiz mashq qilsada, jamoadoshlari bilan chiqishib keta olmadi. Asosan zahiradan maydonga tushish orqali Kataloniyalik muxlislarning yodida qolgan futbolchi haqida ortiqcha so‘zlashning xojati yo‘q. U klub tarixidagi eng omadsiz va tushunarsiz transfer sifatida yodda qoldi xolos.

David Villa (2010-2013)

 

Ispaniyalik futbolchi “Barselona” safida ko‘plab sovrinlarni yutgan bo‘lsada, u bu jamoada atigi bir mavsumgina yuqori formada to‘p surdi, xolos. Navbatdagi 7-raqam egasi 2011-yilda “Al Saad”ga qarshi bahsda chap oyog‘ini sindirib oladi va uzoq muddat safdan chiqishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik jasorat ko‘rsatib yana safga qaytgan bo‘lsada, avvalgi darajasida futbol namoyish eta olmaydi. Oqibatda klub Neymarni harid qilgach o‘z istagi bilan “Atletiko Madrid”ga o‘tib ketadi. To‘g‘ri, Villa jamoaga katta naf keltirgan bo‘lsada, shu jamoa safida orttirgan jarohati tufayli bir necha bor operatsiyalarni boshidan kechirishga majbur bo‘ldi.

Pedro Rodriyeges (2005/2015)

 

Eng qizig‘i shundaki, Pedro 17-raqam ostida jamoada to‘p surgan chog‘lari tinimsiz gollar urar, final uchrashuvlarida chinakam qahramonliklar namoyish etar edi. Jamoa akademiyasi tarbiyalanuvchisi klubdagi statusi ko‘tarilishi uchun 7-raqamni olgan yilidayoq barchasi o‘zgarib ketdi. U asta-sekinlik bilan zahirada qola boshladi va hujum chizig‘idagi futbolchilar bilan raqobatda yutkazayotganini sezib qoldi. Oqibatda 2015-yilda Londoning “Chelsi” klubi safiga o‘tib ketdi.

Arda Turan (2015/2017)

 

Turkiyalik futbolchi “Atletiko Madrid”ning yuragi edi desak, adashamagan bo‘lamiz. Arda maydon bo‘ylab barcha zonalarni yopishga ulgurar, uning o‘yini barchada yaxshi taassurot qoldirar edi. Bir nechta yaxshi mavsumlardan so‘ng Katoloniya klubiga o‘tgan futbolchi hayotidagi eng katta xatoni qildi desak, hech kim shubha qilmasa, kerak. Arda “Barselona”da shu qadar yomon o‘yin ko‘rsatdiki, uni birorta klub sotib olishni istamadi. Bechora futbolchi qanchalar istamasin o‘zining eng zo‘r davrlarini Kataloniya

zahira o‘rindig‘larida o‘tkazib yubordi. Afsuski, bu Ardaning hayotidagi eng qiyin kunlardan biri deya olmaymiz. Futbolchi hozirda o‘z Vatanida jinoiy javobgarlikka tortilgan va katta ehtimol bilan uni qamoq jazosiga hukm qilishlari mumkin edi. Yaxshiyamki advokatlar joniga oro kirdi.

Koutinyo (2018/09)

 

Nima ham derdik, “Barselona” tarixidagi eng qimmat futbolchi bo‘lishiga qaramasdan Koutinyo o‘tgan mavsumda jamoaga deyarli yordam bera olmadi. Braziliyalik Kataloniyada qanchalar omadsiz mavsum o‘tkazgan bo‘lsada, “Kopa Amerika” musobaqasida chinakamiga porladi. Deyarli barcha uchrashuvda maydonga tushgan qahramonimiz chempionlik uchun eng katta hajmdagi ishni bajarganini alohida qayd etish lozim. Muxlislar Koutinyoning yangi mavsumda ham shunday o‘yin ko‘rsatishini kutishayotgan bo‘lsada, futbolchi ortiq “Barsa”da qolishni istamadi va ijara asosida Myunhenning “Bavariya” jamoasiga o‘tib ketdi. Iqtidorli, yosh va kuchli futbolchiga “Barselona”da o‘ynab ketishiga nima qarshilik qildi? Balki 7-raqamdir? Yana kim biladi deysiz?!

Ya . U

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:29, 10.07.2020.
O'qildi: 11456 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.