Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Diyor Mirzaboyev: “Bugungi uchrashuvgacha yigitlarning kayfiyatlari yaxshi edi”

Diyor Mirzaboyev: “Bugungi uchrashuvgacha yigitlarning kayfiyatlari yaxshi edi”

Baho:
+ | -

9-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” hamda “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Andijon” jamoasi katta murabbiyi Diyorbek Mirzaboyev ishtirok etdi.

- Birinchi bo‘lim to‘liq “Surxon” jamoasi ustunligida o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda himoyachimiz chetlashtirildi. Bir narsaga tushunmadim, yoki birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborsak yoki bir kishi kam bo‘lib o‘ynasak jamoa yaxshi o‘ynaydi shekilli. Futbolchilarda ishtiyoq ko‘rinmadi. “Surxon” adolatli g‘alabaga erishdi.

- “Andijon” nima uchun o‘z maydonida besh nafar himoyachi bilan o‘ynadi?

- Bu savolni bosh murabbiyga berishimiz kerak. Hozirgi kundagi holatimizdan kelib chiqib himoyaviy o‘yin ko‘rsatyapmiz. Chunki, ikkita markaziy himoyachi bilan o‘ynasak raqiblar ko‘proq hujum uyushtirmoqda. Shuni oldini olgan holda, himoyaviy o‘yin namoyish etyapmiz.

- Kumikovning ishi qachon hal bo‘ladi?

- Bu savolni rahbariyatga berish kerak.

- Jamoaning g‘alabasiz seriyasi salbiy ta’sir ko‘rsatmayaptimi?

- Yuta olmagan bo‘lsakda, so‘nggi uchta uchrashuvni durang o‘ynadik. Yigitlarni kayfiyatlari yaxshi edi, muhit ham yaxshi edi. Ushbu o‘yinga tayyorgarlikni ko‘ngildagidek ko‘rgandik.

Manba: Андижон матбуот хизмати
Kiritildi: 22:35, 12.07.2020.
O'qildi: 2070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик