Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Angliya kubogi. «Chelsi» «MYU»ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi (videosharh)

Angliya kubogi. «Chelsi» «MYU»ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi (videosharh)

Baho:
+1 | -

Joriy mavsum davomida «Manchester Yuneyted» va «Chelsi» klublari o‘zaro 3 marta to‘qnash kelishgan va ularning barchasida Sulsher jamoasi g‘alaba qozongan edi. Bu safar esa ular Angliya kubogi yarim final bosqichida uchrashishdi. G‘alaba esa Lempard jamoasi tomonida bo‘ldi.

Bugun mankunianliklar darvozaboni David de Xea ishonchli harakat qila olmadi. O‘tkazib yuborilgan 3ta golda uning aybi bor, desak ham bo‘ladi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 11-daqiqada o‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Jiru darvoza tomon burdi. To‘p posbonning qo‘liga tegib, chiziqni kesib o‘tdi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasida esa himoyachilarning uzatma berishdagi xatosidan so‘ng Maunt jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. David de Xea yaqin burchagidan to‘pni o‘tkazib yubordi. To‘p yana uning qo‘liga tegib, to‘rga borib tushdi.

Bahsning 74-daqiqasida esa chap qanotdan yetkazilgan uzatmadan so‘ng to‘p Maguayrning oyog‘iga tegib, darvozabonning yaqin burchagidan to‘rga borib tushdi.

"MYU" bahs tugashiga 5 daqiqa qolganida penalti ishladi va Brunu Fernandesh undan samarali foydalandi.

Shu tariqa, "Chelsi" Angliya kubogi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Lempard jamoasi sovrin uchun "Arsenal"ga qarshi maydonga chiqadi.

Angliya kubogi, yarim final
Manchester Yunayted – Chelsi 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 45 Jiru, 0:2 – 46 Maunt, 0:3 – 74, avtogol Maguayr, 1:3 – 85, penalti Brunu Fernandesh.
Manchester Yunayted – De Xea, Uilyams, Maguayr, Bayi (Marsyal, 45), Uan-Bissaka (Fosu-Mensa, 79), Brunu Fernandesh, Fred (Pogba, 55), Djeyms (Grinvud, 56), Matich, Lindelef, Reshford (Igalo, 79).
Chelsi – Kabalyero, Djeyms, Ryudiger, Aspilikueta, Alonso, Maunt (Pedro, 90), Kovachich (Loftus-CHik, 86), Villian (Xadson-Odoi, 80), Jorjinyo, Zuma, Jiru (Abraxam, 80).
Ogohlantirish: Pogba (71).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:25, 20.07.2020.
O'qildi: 8070 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.