Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zPFL futbolchilar ko‘chmanchiligiga chek qo‘ymoqchi

O‘zPFL futbolchilar ko‘chmanchiligiga chek qo‘ymoqchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Har yili transfer oynasi ochiladi va klublarimiz u yoki bu o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Biz buni cheklash yo‘liga o‘tamiz.

Sababi, har yili futbolchilar u klubdan bu klubga ko‘chib yuradi. Vaholanki, Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha reglament talablariga ko‘ra, mana shu ko‘chishlarga to‘lanishi kerak bo‘lgan summalar bor. Klublar bunga bee’tibor munosabatda bo‘lgan, klubdan klubga o‘tgan futbolchi uchun transfer yoki kompensasiya summalari to‘lanishi shart. Klublar va nihoyat buning orqasidan pul ishlash yo‘liga o‘tishlari kerak.

Murabbiy keladi, 10 futbolchiga javob beradi va yangi 10 futbolchini olib keladi. Ish bu zaylda davom etmaydi. Murabbiyning xohishlaridan ko‘ra, klub bilan futbolchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma ustuvor bo‘lishi shart. Butun dunyoda shunday ishlanadi. Yoki aksincha, murabbiy o‘ziga kerak bo‘lmagan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etsa, klub rahbariyati ularni sotish, ijaraga berish, lozim ko‘rilganda shartnomani bekor qilish ustida reglament doirasida ish olib borishi kerak.  

Klublar yuz millionlab transfer va kompensasiya summalarini majbur to‘lashni boshlaganlaridan keyingina, aslida o‘z akademiyalarini rivojlantirishlari, suvga oqayotgan pul mana shu akademiya tarbiyalanuvchilariga berilishi ming marta foydaliroq ekanini tushunib yetadi.

Ma’lumot uchun, 10-31 avgust kunlari bizda yozgi transfer oynasi ochiq. Mana shu muddatda ko‘plab klublar o‘zgarishlarni amalga oshira olmaydi. Shundan kelib chiqib, futbolchilar mavsum o‘rtasida shartnomalarini bekor qilishga shoshilishmasin. Kimning kimdan qancha qarzi borligi har bir klubga alohida taqdim etiladi. O‘zPFL rasmiy sayti barcha o‘tishlar borasida ma’lumot taqdim etib boradi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 12:50, 07.08.2020.
O'qildi: 6408 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.