Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 0-0 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Isroil Madrimovdan mashhurligi, Matchroom'ning qanday qiziqib qolganligi haqida katta intervyu

Isroil Madrimovdan mashhurligi, Matchroom'ning qanday qiziqib qolganligi haqida katta intervyu

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Xabaringiz bor, 15 avgust kuni professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan iqtidorli bokschimiz Isroil Madrimov navbatdagi muhim jangini o‘tkazadi. Bokschimizning mazkur jangga tayyorgarligi, oldindagi rejalar va yana bir qator qiziq mavzularda suhbat uyushtirdik. ​

– Dunyoning eng yirik promouterlik kompaniyalari iqtidorli bokschilarni yirik turnirlardagi ishtirokiga ko‘ra saralab, keyin shartnoma imzolashadi. Isroil Madrimov Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmay turib, jahon chempionatida sovrindor bo‘lmay turib, Matchroom kompaniyasining e’tiborini torta oldi?

– O‘zbek bokschilarining Rio olimpiadasidagi yutuqlari xalqaro promouterlik kompaniyasidagilarning e’tiborini bizga jalb etgan bo‘lishi mumkin. O‘sha paytda men ham Osiyo o‘yinlari finalchisi edim. Qolaversa, “Uzbek Tigers” tarkibida bir qator muhim janglarda ishtirok etgandim. Balki shu uchun taklif bildirishgandir. Bundan tashqari ilk jangimdayoq kamar uchun bahs olib borib g‘alabaga erishganim – ularni o‘zimga ishontira olganim bo‘lgandir.

– 15 avgust kuni muhim janglaringizdan birini o‘tkazasiz.  Janggacha bo‘lgan davrda ko‘p muddat O‘zbekistonda qolib ketdingiz. Bu muddat ichida prof boksdagi murabbiylaringiz bilan ishlay olmadingiz? Janggacha sport formangizni tiklashda qiynalmadingizmi?

– Karantin tufayli O‘zbekistonda ko‘p vaqt qolib ketgan bo‘lsamda, mashg‘ulotlar jarayonini doimiy davom ettirdim. Biz professional sportchimiz va  o‘z sport formamizni bir xil darajada ushlab turishimiz eng muhimi hisoblanadi. Qolaversa, O‘zbekiston terma jamoasi safida mashg‘ulotlarda ishtirok etdim. U yerda murabbiyim To‘lqin Qilichev qo‘l ostida shug‘ullanishni davom ettirdim, termadagi jamoadoshlarim bilan sparringlarda qatnashdim. Bir so‘z bilan aytganda doimiy nazorat ostida bo‘ldim. Bu yerga (Nyu York shahri nazarda tutilayapti) yetib kelganimda jismoniy jihatdan hech qanday muammo yo‘q edi. Shu bois, bu yerdagi mashg‘ulotlarga qiyinchiliksiz kirishib ketdim.

– O‘zbekistonda va AQSHda mashg‘ulotlar o‘tkazayapsiz. Mashg‘ulotlarda qanday farq bor va qaysi birida ishlash qiyinroq? (Zulayho, Xorazm viloyati).

– Men ham O‘zbekistonda, ham AQSHda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqdaman. Albatta, mashg‘ulotlar jarayoni bir-biridan farq qiladi. Sababi, professional boksning havaskor boksdan farq qilishida. Havaskor boks uch raunddan iborat bo‘lganligi uchun bunda shu vaqt ichida hammasini hal etishingiz kerak. Bunda tezkorlik va taktika muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan alohida mashg‘ulotlar ishlab chiqiladi va shunga ko‘ra ishlanadi. Prof boksda esa janglar uzoq davom etgani uchun kuchni to‘g‘ri taqsimlash muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlar jarayonida ko‘proq kuch yig‘ishga, zarbalar yo‘llash texnikasiga e’tibor qaratiladi. Har ikkalasining ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Ammo, uni yengib o‘tish bu birinchi maqsad. Mashg‘ulotlarda ishlash qancha qiyin bo‘lsa, jangda shuncha oson bo‘ladi.

– Jangga chiqadigan kuningizdan avval qachon og‘ir mashg‘ulotlarni to‘xtatasiz va jangdan so‘ng qancha muddat dam olasiz? (Sharkiya, Xiva shahri).

– Professional boksda bir hafta avval og‘ir mashg‘ulotlar to‘xtatiladi. Keyin esa vazn toifamizni tushirish ustida ishlaymiz. Bu orada raqibni yanada yaxshiroq o‘rganishga ham vaqt sarflanadi. Jangdan so‘ng bir hafta – 10 kun dam olinadi. Dam olish jarayoni jangning qanday o‘tganiga bog‘liq, agar 12 raundlik og‘ir jang o‘tkaziladigan bo‘lsa ikki hafta va undan ham ko‘proq dam olishga to‘g‘ri keladi. Professional boksda ko‘p parhez qilinadi va har ikki kunda sparring janglar o‘tkaziladi. Dam olishda bu kabi holatlar ham e’tiborga olinadi.

– Ertangi raqibingiz siz ko‘p xato qilishingizni va shu xatolardan unumli foydalanib mag‘lubiyatga uchratmoqchi ekanligini aytdi. Nima deb o‘ylaysiz, u qanday xatolarni nazarda tutgan va siz bunga qanday choralar ko‘rayapsiz? (Avazbek, Jizzax viloyati).

– Har bir bokschining o‘z fikri bor. Hech kim ringga ko‘tarilishidan oldin raqibim kuchli, bugun yutqazaman deb aytmaydi. Shu bois hammasi ringda hal bo‘ladi. Men jangda bor mahoratimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Uokerning qanday xatolar haqida gapirganini bilmayman. Har doim jang davomida xato qilmaslik uchun mashg‘ulotlarda jiddiy ishlaymiz. Umid qilamanki, ertangi jangimda ham hammasi biz uchun omadli yakun topadi.​

– 75 kg vaznda Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishingiz mumkinligi aytilgan edi. Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etsangiz havaskor boksda kimlarni g‘oliblik yo‘lidagi asosiy raqib deb bilasiz?

– Olimpiya o‘yinlarida qatnashish niyatim bor. Avvalo lisenzion turnirda g‘olib chiqishim kerak. 75 kg gacha vaznda g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar allaqachon yo‘llanmani naqd qilib bo‘lishdi. Olimpiadaga boradigan har bir sportchi g‘olib bo‘lishni maqsad qiladi. Chunki bu imkon sizga har yili yoki har bir jangda emas, 4 yilda bir marotaba taqdim etiladi. Shu sababdan hamma bokschi har bir jangga xuddi oxirgi jangidek tayyorlanadi va g‘olib bo‘lishni orzu qiladi. Asosiy raqiblarga kelsak, ukrainalik Aleksandr Xijnyak, qozog‘istonlik Amankul Abilxan, filippinlik Eumir Feliks Marsyal va rossiyalik Gleb Bakshi kabi bokschilar ham chempionlik uchun da’vogarlik qila oladi.

– Isroil Madrimov juda tez tanildi. Bugun butun dunyoda sizni e’tirof etishayapti. Siz uchun mashhurlik nimani anglatadi?

– Mashhurlik, albatta, yoqimli tuyg‘u. Lekin, hozirgi mashhurligim birmuncha aldamchi ekanligini bilaman. Sababi hali katta yutuqlarim oldinda deb hisoblayman. Inson qanchalik kamtar bo‘lsa, hamma uni shunchalik hurmat qiladi. Hozir mashhurligimga ishonib, hammasiga erishdim deb o‘ylay boshlasam, to‘xtab qolish hech gapmas. Agar chempionlikni qo‘lga kiritmas ekanman, bu mashhurlik bilan nari borsa odamlarning yodida 2-3 yil yashashim mumkin. Keyin hammasi unutiladi, qilgan mehnatlarim esdan chiqariladi. Ishonamanki, men uchun hammasi oldinda. O‘zim uchun Olimpiya chempionligi, prof boksda kamarlar jamlanmasi bu bir maqsad. Ularga yetishsamgina o‘zim o‘ylagan mashhurlik menga buysunadi.

Mening fikrimcha, insonning mashhurligidan faqatgina uning yaqinlari avvalo, ota-onasi xursand bo‘ladi. Sen tarbiyalagan farzand tufayli rahmat eshitsang, bu – albatta katta faxr va katta baxt. Aslida ota-onamni xursand etish uchun ham katta g‘alabalarga erishishim kerak deb hisoblayman.

– Suhbat uchun rahmat! Oldindagi muhim jangda sizga omad yor bo‘lishini tilaymiz!

– Katta rahmat! Shu o‘rinda O‘zbekistonda meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorlik bildiraman.

Jurnalist Umar Murod suhbatlashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 19:01, 13.08.2020.
O'qildi: 4326 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.