Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

La liga. «Real» safarda «Leganes»ga imkoniyat qoldirmadi

La liga. «Real» safarda «Leganes»ga imkoniyat qoldirmadi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida "Real Madrid" mehmonda "Leganes" jamoasi mehmoni bo‘ldi. Madridliklar mazkur o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.

Birinchi bo‘limning 43-daqiqasida Kilian Mbappe hisobni ochdi. Unga Vinisius Junior assistentlik qildi.

Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida Federiko Valverde jarima zarbasini kuchli amalga oshirdi va to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi.

O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Brahim Dias jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘singa tegib qaytgan to‘pni Jud Bellingem bo‘sh qolgan darvozaga joylab qo‘ydi.

Mazkur g‘alaba orqali "Real Madrid" o‘z ochkolarini 30 taga yetkazib oldi. Jamoa bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Ispaniya chempionati, 14-tur
Leganes – Real Madrid 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 43 Mbappe, 0:2 – 66 Valverde, 0:3 – 85 Bellingem.
Leganes – Dmitrovich, Xavi, Nastasich, Serxio Gonsales, Munir (Raba, 59), Brashanas (Aller, 75), Xuan Krus, Neu (Chikko, 58), Tapiya, Altimira (RozYE, 75), de la Fuente (Diyego Garsiya, 86).
Real Madrid – Kurtua, Fran Garsiya, Ryudiger, Asensio, Valverde, Bellingem (Endrik, 87), Sebalyos, Kamavinga, Gyuler (Braim Dias, 75), Mbappe (Modrich, 83), Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: de la Fuente (49), Altimira (69).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:29, 25.11.2024.
O'qildi: 2474 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик