Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

O‘zbekiston va yana 12 ta federasiya UEFA rahbari Cheferinning tanqidiga javoban bayonot berdi

O‘zbekiston va yana 12 ta federasiya UEFA rahbari Cheferinning tanqidiga javoban bayonot berdi

Baho:
+5 | -

JCH-2026 ishtirokchisi hisoblangan 13 ta mamlakat futbol federasiyasi UEFA prezidenti Aleksander Cheferinning turnir kengaytirilishi borasidagi tanqidiy fikrlariga javoban qo‘shma bayonot berdi.

Bundan avvalroq funksioner Jahon chempionati ishtirokchilari sonining ko‘paytirilishi qiziqarli bo‘lmagan o‘yinlarni yuzaga keltirishini ta’kidlagan edi.

Ushbu qo‘shma bayonotni Kabo-Verde, Kyurasao, O‘zbekiston, Kongo DR, Gaiti, Jazoir, Tunis, Marokash, Misr, Gana, Senegal, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) va Kot-d'Ivuar futbol federasiyalari imzoladi.

«Har bir saralash bosqichi zamirida yillar davomida qilingan mehnat va kiritilgan investisiyalar yotibdi. Har bir milliy terma jamoa ortida futbolni faxr, umid va birdamlik manbai deb biladigan butun boshli jamiyatlar va millionlab insonlar turibdi. Futbol faqatgina tanlab olingan muayyan millatlar guruhiga tegishli emas. Uning kuchi — universalligida (hamma uchunligida)», — deyiladi bayonotda.

Xabarda alohida ta’kidlanishicha, ko‘plab mamlakatlar uchun Jahon chempionatidagi ishtirok nafaqat sportdagi yutuq, balki butun bir avlodni ruhlantiradigan tarixiy lahzadir.

«Har bir jamoa bu yerdan o‘z haq-huquqi bilan joy oldi. Har bir muxlis orzu qilish huquqiga ega. Har bir uchrashuv butun dunyodagi millionlab odamlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, biz UEFA prezidentining fikrlarini inkor etamiz va futbolning rivojlanishi o‘yinning haqiqiy global xarakterini mustahkamlagan holda davom etishi kerakligiga bo‘lgan ishonchimizni qayta tasdiqlaymiz», — deya qayd etilgan bayonot matnida.

2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Turnir tarixida ilk bor unda 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 08:04, 15.06.2026.
O'qildi: 3037 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик