Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Mbappe La Liga to‘purarlari poygasida Rafinyaga yetib oldi

Mbappe La Liga to‘purarlari poygasida Rafinyaga yetib oldi

Baho:
+ | -

«Real» Ispaniya chempionatida «Rayo Valyekano»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Madridliklar hujumchisi Kilian Mbappe ushbu derbida dubl qayd etdi.

Shu tariqa, fransuz futbolchisining joriy La Liga mavsumidagi gollari soni 6 taga yetdi.

Ushbu uchrashuvga qadar to‘purarlar poygasida «Barselona» futbolchisi Rafinya 6 ta gol bilan yetakchilik qilayotgan edi. Endi braziliyalikka birdaniga ikki futbolchi — Kilian Mbappe va «Rayo Valyekano» hujumchisi Serxio Kamelyo yetib oldi.

Kamelyo ham «Real»ga qarshi bahsda joriy chempionatdagi 6-golini urdi.

Qayd etish kerak, Serxio Kamelyo bu mavsum nafaqat «Real», balki «Barselona» darvozasini ham ishg‘ol qilgan. U avgust oyining so‘nggi kuni «Kamp Nou»da dubl qayd etgan, ammo «Rayo Valyekano» o‘sha uchrashuvda 2:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Kiritildi: 02:03, 13.09.2026.
O'qildi: 2114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик