Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Mourinyo jamoasining o‘yini «Real» muxlislariga yoqmadi

Mourinyo jamoasining o‘yini «Real» muxlislariga yoqmadi

Baho:
+ | -

«Real» shanba kuni La Liga doirasida o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ni qabul qilmoqda.

Joze Mourinyo jamoasi birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazib, javobsiz uchta gol urdi. Kilian Mbappe penaltidan hisobni ochdi, keyin Alvaro Karreras va Jud Bellingem ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Biroq tanaffusdan keyin maydonga butunlay boshqacha «Real» qaytdi. 51-daqiqada «Rayo Valyekano» hisobdagi farqni qisqartirdi va shundan so‘ng ham xavfli vaziyatlar yaratishda davom etdi.

69-daqiqaga kelib, ikkinchi bo‘limdagi zarbalar statistikasi «Rayo» foydasiga 8:2 ko‘rinishida edi. Darvozaga aniq zarbalar bo‘yicha ham mehmonlar 2:0 hisobida ustunlik qildi.

Tanaffusdan so‘ng «Rayo Valyekano» to‘pni qariyb 60 foiz vaqt nazorat qildi va «Real»dan ko‘ra ko‘proq hujum qildi.

Madridliklarning ikkinchi bo‘limdagi o‘yini muxlislarga yoqmadi. Natijada «Santyago Bernabeu» tribunalaridan Joze Mourinyo jamoasiga nisbatan hushtaklar eshitila boshladi.

«Real» muxlislari jamoasidan bunday o‘yinni qabul qilmasligini ochiq ko‘rsatdi.

Kiritildi: 01:43, 13.09.2026.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик