Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Mourinyo «Real»da Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi mojaro qanday yakunlanganini ma’lum qildi

Mourinyo «Real»da Valverde va Tchuameni o‘rtasidagi mojaro qanday yakunlanganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘tgan mavsumda jamoa yarim himoyachilari Orelyen Tchuameni va Federiko Valverde o‘rtasida sodir bo‘lgan janjaldan so‘ng ularni yarashtirishga to‘g‘ri kelmaganini aytdi.

— Valverde va Tchuameni birga o‘ynay oladimi? O‘tgan mavsum yakunlanganidan keyin bu haqda o‘ylab ko‘rdingizmi?

— Men hech narsa qilmadim, hammasini ularning o‘zlari hal qilishdi. Jamoadagi o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, do‘stlik, birgalikda g‘alaba qozonish va birgalikda mag‘lub bo‘lish, zaxiraga o‘tirganda jahllangan bo‘lsa-da, maydonda qolgan sheriklarini qo‘llab-quvvatlash qobiliyati...

Valverde va Tchuameni bilan bog‘liq vaziyat haqida aniq gapirmasdan turib aytishim mumkinki, jamoadagi muhit ajoyib. Agar men bu vaziyatdan umuman xabarim bo‘lmaganida, ularni eng yaqin do‘stlar deb o‘ylagan bo‘lardim.

Albatta, Orelyen jamoaga kelganida, men sergak edim. Chunki aralashishim va «tinchlik vaziri» bo‘lishimga to‘g‘ri keladimi-yo‘qmi, tushunishim kerak edi (kuladi). Ammo men hech narsa qilmadim. Ular hammasini o‘zlari hal qilishdi, — deya Mourinyoning so‘zlarini AS nashri keltirdi.

7 may kuni mashg‘ulot vaqtida Federiko Valverde va Orelyen Tchuameni o‘rtasida og‘zaki janjal yuzaga kelgani, keyinchalik bu mojaro kiyinish xonasida mushtlashuvga aylangani ma’lum bo‘lgandi. To‘qnashuv natijasida urugvaylik futbolchi Valverdening boshi yorilgan va u shifoxonaga olib borilgan.

Har ikki futbolchi ham 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Mourinyo o‘tgan yozda Madrid klubi bosh murabbiyiga aylangan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:09, 12.09.2026.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик